Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

MARDLAR QO‘RIQLAYDI VATANNI

26 Yan 2023

TIBBIYOT XODIMLARINING KASBIY MALAKASINI RIVOJLANTIRISH MARKAZI

XIRURGIYA FAKULTETI

“MARDLAR QO‘RIQLAYDI VATANNI” MAVZUIDAGI MA’NAVIY-MA’RIFIY MUSIQIY TADBIR

Toshkent sh                                                                26 yanvar 2023 yil

 

 

Markaz miqyosida “14 yanvar - Vatan ximoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan tadbir ob-xavo keskinlashganligi tufayli kechiktirildi hamda bugun 26 yanvar kuni ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

         

Tadbir Markaz o‘quv ishlari bo‘yicha direktor muovini, professor M.S.Kasimova ochib berdi.

        

Tadbir asosiy mehmoni O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi qoshidagi ashula va raqs ansambli badiiy rahbari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, podpolkovnik Uchqun Tillaev hamda ansambl solistlari ijrosidagi kuy va qo‘shiqlar bayramning kulminatsion nuqtasi bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 

 

Shu bilan birga tibbiyot soxasi vakili, xavaskor shoir Otabek Choriev tomonidan o‘kilgan she’rlar barchaga manzur bo‘ldi.

 

Markaz “Xotin qizlar qo‘mitasi”, “Ma’naviyat va ma’rifat”  bo‘limi tabriklari ham kechaga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

 

Yakunlovchi qismda Chilonzor tumani madaniyat uyi raxbari Shavkat Ashurov ijrosidagi raqsbop taronalar ishtirokchilarga manzur bo‘ldi.

        

“Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusidagi bugungi tadbirda har bir tibbiyot hodimining vatan oldidagi, xalq oldidagi mas’uliyati, burchi yana bir e’tirof etilgani bayramdan ko‘zlangan maqsadning amaldagi ijrosi bo‘ldi.

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i:                     Sh.R.Maksudova

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi metodisti:              A.X.Xaydarova