Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Moskvada "Milliy sog`liqni saqlash" kongressi boshlandi

22 Okt 2025

2025 yil 22-23 oktabr kunlari Rossiyaning Moskva shahrida "Milliy sog‘liqni saqlash" xalqaro ishtirokidagi 4-Milliy kongress boshlandi. Tadbir tashkilotchilari - Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va tadbirning tashkiliy hamkori - Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining "Sog‘liqni saqlashni tashkil etish va axborotlashtirish markaziy ilmiy-tadqiqot instituti." Kongress - sog‘liqni saqlash sohasidagi professional boshqaruvchilar, yetakchi tibbiy yordam ishlab chiqaruvchilar hamjamiyati uchun muhim voqeadir. Kongressning ishbilarmonlik dasturida Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining "Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish" kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori D.A.Asadov ishtirok etmoqda. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi va Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining Sog‘liqni saqlashni tashkil etish va axborotlashtirish markaziy ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida shartnoma imzolandi.  Kongressda sog‘liqni saqlash sohasidagi milliy loyihalarni amalga oshirish - ularning natijalari va eng yaxshi mintaqaviy amaliyotlar, shuningdek, tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish jarayonlarini modernizatsiya qilish va moliyaviy barqarorlik masalalari muhokama qilinadi.