Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi
Toshkent 21.10.2025
Joriy yilning 21 oktyabr kuni Klinik ordinatura bitiruvchilarining “Bituruv kechasi” bo’lib o’tdi. O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari M.S.Kasimova yig’ilganlarni 21 oktyabr O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan barchani tabriklab tadbirni ochib berdi. Bitiruvchi klinik ordinatorlarni tabriklab fakultet dekani dotsent F.Sh.Primov tabriklab va kelgan mehmonlarga so’z berdi. Tadbir davomida “O’zbegim” videoroliki namoyish etildi, tabriklar davomiy bo’lib fakultet dekanlari kafedra mudirlari ota-onalar so’zga chiqdilar.
Eng na’munali hamda tirishqoq, iqtidorli bir guruh klinik ordinatura bitiruvchilariga O’zbekiston xalq artisti Dilnoza Kubayeva tomonidan “Faxriy yorliq”lar topshirildi.
So’ng tadbirning musiqiy qismida O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’esatgan artist Abdurashid Yo’ldoshev hamda yoshlarning sevimli xonandasi Zoirshox Jo’rayevlarning chiqishi barcha tadbir ishtirokchilariga ko’tarinki kayfiyat ulashdilar.
Biz bugungi bitiruvchi yoshlarimizga kelgusi ishlarida omadlar tilab qolamiz!
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i: Sh.R.Maksudova
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi metodisti: M.B.Mustafoyeva