Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi
Toshkent 10.11.2025
9-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlarini rag‘batlantirish va ularning mehnatini e’tirof etish maqsadida farmon imzoladi. Ushbu farmonga muvofiq, tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish, sog‘liqni saqlash tizimida sifat va samaradorlikni yanada yaxshilash borasida xizmat qilayotgan mutaxassislar taqdirlandi.
Xususan, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi “Menejment, ijtimoiy va birlamchi sog’liqni saqlash” fakulteti “Preventiv tibbiyot – valeologiya asoslari” kafedrasi professori Irgashev Shuhrat Boisovich “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi. Shuhrat Boisovichning ushbu mukofoti uning sog‘liqni saqlash sohasidagi yuksak malakasi, o‘qituvchilik va ilmiy faoliyati, shuningdek, tibbiyot xodimlarini tayyorlash va ularning professional rivojlanishiga qo‘shgan ulkan hissasini e’tirof etadi.
Shuningdek, Markaz “Terapiya” fakulteti dekani, “Gastroenterologiya” kafedrasi mudiri, professor Xamrabayeva Feruza Ibragimovna ham katta e’tirofga sazovor bo‘ldi. U O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy turizm assotsiatsiyasining 2025 yil 7 noyabrdagi U/6-sonli buyrug‘iga binoan “O‘zbekistonda tibbiy turizmni rivojlantirishda qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Bu mukofot uning sog‘liqni saqlash sohasidagi faoliyati va mamlakatimizda tibbiy turizmni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasini e’tirof etadi.
Mazkur mukofotlar va e’tiroflar nafaqat shaxslar, balki Markazimizning butun jamoasi uchun katta g‘urur va rag‘bat manbai bo‘lib, sog‘liqni saqlash tizimida sifatni oshirish va xalqimizga yanada yuqori darajada xizmat ko‘rsatishga bo‘lgan intilishimizni yanada mustahkamlaydi.
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i: Sh.R.Maksudova
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi metodisti: M.B.Mustafoyeva