Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Tibbiyot istoqbolining asl bunyodkori

24 Yan 2023

Daholar ham ustozsiz ko‘kka chiqmagan,

Inson bilmaganni ustoz bildirgan.

Ustoz hayot ekan shaxsin ulug‘la,

Foniylikka rihlat etsa, ruhin ulug‘la!

 

Akademik Saidjalol Bahromov

 

Jamiyatimiz hayotiga daxldorlik hissi bilan yashash, yetuk shifokor olim va mutaxassis bo‘lish bilan birga, ma’naviy dunyosi shakllangan, komil inson, tibbiyot sohasining yirik vakili, yuksak fazilat egasi Akademik Saidjalol Mahmudovich Baxramov 1938 yil 22 yanvarda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ilgan.

S.M.Bahramov qalamiga mansub "Qon tizimi kasalliklari" (1980, 1987), "Transfuzion tibbiyot" (2013) kabi 400 dan ortiq nashr etilgan ilmiy ishlar mavjud.

S.M.Bahramov O‘zbekiston gematologlar va transfiziologlar uyushmasi tashkilotchisi. Uning tashabbusi bilan “Anemiya va leykemiya” - Respublika xayriya jamoat fondi tashkil etilgan. Hozirda ushbu fondga akademik S.M.Bahramov nomi berildi.

S.M.Bahramov “O‘zbekiston Respublikasida hizmat ko‘rsatgan shifokor” fahriy unvoni hamda “Shon-sharaf belgisi” ordeni bilan taqdirlangan. 2001 yilda professor S.M.Bahramov Rossiya Fanlar akademiyasining fahriy akademigi etib saylangan. Xalqaro qon quyish jamiyati (Fransiya) va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining (2022) haqiqiy a’zosi.