Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

G`alabaga ishonch bilan: Markaz jamoasi tarixiy uchrashuvni birgalikda tomosha qildi

19 Iyn 2026

Tibbiyot xodimlаrining kаsbiy mаlаkаsini rivojlаntirish mаrkаzi

Mа'nаviyat vа mа'rifаt boʼlimi

Toshkent sh.                            18.06.2026

 

2026-yil 18-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da futbol bo‘yicha Jahon chempionati guruh bosqichi doirasida tarixiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor mundialning guruh bosqichida Kolumbiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Ushbu muhim sport voqeasi millionlab yurtdoshlarimiz qatori Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi jamoasi tomonidan ham katta qiziqish va hayajon bilan kutib olindi.

Mazkur tarixiy uchrashuv munosabati bilan Markaz direktori, professor Xabibulla Ataullayevich Akilov tashabbusi bilan futbol bahsini jamoaviy tarzda tomosha qilish tadbiri tashkil etildi. Barcha professor-o‘qituvchilar, dekanlar, bo‘lim boshliqlari, markaz xodimlari, kursant tinglovchilar hamda klinik ordinatorlar Markazning katta majlislar zaliga taklif etildi. Ishtirokchilar soat 07:00 da to‘g‘ridan to‘g‘ri efir orqali namoyish etilgan uchrashuvni birgalikda tomosha qildilar.

O‘yin boshlanishidan avval Markaz direktori, professor Xabibulla Ataullayevich Akilov hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga omad tilanib, ushbu tarixiy bahs mamlakat futboli taraqqiyotida yangi sahifa ochishi va jamoamizning munosib natija qayd etishiga ishonch bildirildi. Yig‘ilganlar terma jamoamizning mundialdagi ilk ishtirokidan faxr va g‘urur hissini tuygan holda futbolchilarni qo‘llab-quvvatladilar.

Uchrashuv davomida zalda katta hayajon va ko‘tarinki kayfiyat hukm surdi. Ayniqsa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi tomonidan kiritilgan ilk gol barcha ishtirokchilar tomonidan olqishlar va quvonch bilan kutib olindi. Ushbu gol jamoamizning yuqori mahorati va g‘alabaga bo‘lgan intilishining yorqin ifodasi bo‘ldi.

Shiddatli va murosasiz kechgan bahs yakunida Kolumbiya terma jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, O‘zbekiston milliy terma jamoasi mundialdagi ilk ishtirokida munosib o‘yin namoyish etdi. Uchrashuv davomida futbolchilarimizning matonati, jangovar ruhi va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi muxlislar qalbida faxr va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otdi.

Markaz jamoasi ushbu tarixiy uchrashuvni birgalikda tomosha qilish orqali jamoaviy birdamlik, vatanparvarlik va sportga bo‘lgan muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi. Barcha ishtirokchilar O‘zbekiston milliy terma jamoasining keyingi uchrashuvlarida omad va muvaffaqiyatlar tilab, jamoamizning kelgusida yanada yuksak natijalarga erishishiga ishonch bildirdilar.

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i                                                      M.B.Mustafoyeva