Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Ibragimov Aziz Yuldashevich

Ibragimov Aziz Yuldashevich
T.f.d kafedra mudiri.

ICHKI KASALLIKLAR KAFEDRASI

 

 

Kafedra mudiri, t.f.d., Ibragimov Aziz Yuldashevich

 

Ibragimov Aziz Yuldashevichtibbiyot fanlari doktori, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, Ichki kasalliklar kafedrasining mudiri.

Ibragimov Aziz Yuldashevich 1957 yil 8 sentyabrda Toshkent shahrida tug'ilgan. 1980 yil Toshkent Davlat tibbiyot institutini, 1986 yil Fanlar Akademiyasining Butunittifoq kardiologiya ilmiy markazi klinik ordinaturasini (Moskva shaxri), 1989 yil Fanlar Akademiyasining Butunittifoq kardiologiya ilmiy markazi aspiranturasini bitirgan. "O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash tizimida islohotlar" mavzusida doktorlik dissertasiyasini 2016 yilda ximoya qilgan

1989-1994 yillarda Toshkent shahar 15-sonli klinik shifoxonasi kardiologiya bo'limi mudiri lavozimida ishlagan.

1984-2003 yillarda 15-sonli klinik shifoxonasi Bosh shifokori lavozimida mexnat faoliyatini olib borgan.

2003-2019 yillarda 1-sonli Respublika klinik shifoxonasi Bosh shifokori lavozimida mexnat faoliyatini davom ettirgan.

2019-2023 tsillarda Ibn Sino nomli shahar 1-son klinik shifoxonasi Bosh shifokori lavozimida ishladi. Koronavirus COVID-19 infektsiyasi

pandemiyasi davrida A.Ibragimov raxbarligidagi shifoxona mazkur infektsiya bilan kasallangan bemorlarni davolovchi karantin tartibida ixtisoslashgan stasionar sifatida faoliyat yuritdi.

Tibbiyot fanlari doktori, 2014 yildan buyon Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati.

2018 yildan  Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining "ichki kasalliklar 2" kafedrasining mudiri.

2023 yilda ichki kasalliklar 1 va ichki kasalliklar 2 kafedralari birlashib, ichki kasalliklar kafedrasi tashkil etildi va Ibragimov A.Yu. kafedraga mudirlik qilib kelmoqda. Ushbu davrda o'quv jarayoniga zamonaviy texnologiyalar joriy etildi, yangi integrasiyalashgan dasturlar yaratish, shu jumladan u rahbarlik qilayotgan ichki kasalliklar kafedrasi tomonidan olib borilayotgan ishlar sezilarli darajada faollashdi. Fan nomzodlari va fan doktorlari ishiga ilmiy raxbarlik qilmoqda, jumladan 2023 yilda bitta fan doktori va 2 nafar fan nomzodlari uning raxbarligida doktorlik ishlarini ximoya kildilar. 3 monografiya, 10 dan ortiq o'quv-uslubiy tavsiyanomalar va 60 dan ortiq mahalliy va xorijiy maqolalar muallifi.

 

KAFEDRA TARIXI

 

Kafedra 1985 yilda tashkil topgan bulib, dastlab terapiya-Sh deb yuritilgan. Kafedraga tibbiyot fanlari doktori, professor Najim Kayumovich Boboxujaev raxbarlik kilgan.

Babaxodjaev N.K o'z ish faoliyati davomida "o'smirlar patologiyasi" kursini tashkil qilgan. Kafedrada ekstragenital patologiyalar bo'yicha faol ishlar olib borilgan, 4 ta kandidatlik dissertasiyasi yoqlangan.

2001 yildan kafedraga mudir kilib tibbiyot fanlari doktori, prof. Sh.N. Nosirov tayinlangan.

2011yildan boshlab kafedra "Ichki kasalliklar va farmakoterapiya"deb nomlandi. Shu munosabat bilan o'quv dasturlarida farmakoterapiya masalalariga ko'proq e'tibor qaratildi.

2017-2018 yil kafedrani professor Kayumov U.K. boshchiligidagi «Ichki kasalliklar» kafedrasi bilan birlashtirildi.

2018 yil may oyida kafedra ikkiga «Ichki kasalliklar №1" va «Ichki kasalliklar №2" kafedralariga ajratildi. «Ichki kasalliklar №2" kafedrasi mudiri etib t.f.D., Ibragimov A. Yu. tayinlandi.

2023 yil sentyabr oyida «Ichki kasalliklar №1" va «Ichki kasalliklar №2" kafedralari yana birlashtirilib, Ichki kasalliklar kafedrasi tashkil qilindi va t.f.D., Ibragimov A. Yu. kafedra mudiri etib tayinlandi.

 

KAFEDRANING KLINIK BAZASI:

Ibn Sino nomli 1 son shahar klinik shifoxonasi.

Manzili: Shayxontoxur tumani Ko'kcha darvoza 40 uy

Telefon: +998712421608

 

KAFEDRA XODIMLARI

 

 

Qayumov Ulug'bek Karimovich – kafedra professori, t.f.d.

 

Qayumov Ulug'bek Karimovich tibbiyot fanlari doktori, professor, kafedra ilmiy ishlari bo'yicha mas'ul.

Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagach, endokrinologiya mutaxassisligi bo'yicha klinik ordinaturada tahsil oldi. So'ngra kardiologiya ilmiy-tadqiqot institutida kichik ilmiy xodim bo'lib ishladi va 1984 yilda nomzodlik dissertasiyasini himoya qildi. 1985 yildan Toshvmoida ishlab, Markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriyasi katta laboranti, "Terapiya 2» kafedrasida assistent, dosentlikdan kafedra mudiri lavozimiga ko'tarilgan va 2023 yilga qadar ichki kasalliklar va telemedisina so'ngra, ichki kasalliklar №1 kafedrasi mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

1991 yilda doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan, 1994 yilda esa "professor" ilmiy unvoni berilgan. 1996-1999-yillarda O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi fan va yangi texnologiyalar Bosh boshqarmasiga rahbarlik qilgan. 28 nafar fan nomzodi va doktorlari (jumladan, PhD va DSc) tayyorlagan. O'zbekistonda metabolik sindrom ilmiy maktabini yaratdi. U 500 dan ortiq ilmiy maqolalar, monografiyalar, klinik qo'llanmalar va protokollar, o'quv dasturlari, uslubiy qo'llanmalar, patentlar va foydali modellar muallifi va hammuallifidir. Asosiy ilmiy tadqiqot yo'nalishi: metabolik sindrom. U Toshvmoida teletibbiyotni rivojlantirish tashabbuskori.

Ozarbayjon, Frantsiya, Germaniya, Vengriya, Italiya, Hindiston, Qozog'iston, Rossiya, Ukraina, Yaponiya kabi bir qator xalqaro kongresslar, konferentsiyalar va simpoziumlarda qatnashgan. U bir qator mahalliy va xorijiy tibbiyot jamiyatlari va uyushmalarining a'zosi. U Rossiyaning "eksperimental, klinik va profilaktik tibbiyot jurnali" jurnalining Bosh ilmiy rahbari, shuningdek, O'zbekistondagi bir qator ilmiy tibbiyot jurnallarining tahririyat va tahririyat kengashlari a'zosi.

Professor Kayumov - O'zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasining terapiya bo'yicha Ekspert Kengashi raisining o'rinbosari, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Etika qo'mitasi raisining o'rinbosari, TXKMRM Ilmiy Kengashi va terapiya fakulteti ilmiy Kengashi a'zosi, terapiya fakultetining Muammo komissiyasi va Muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashi raisining o'rinbosari.

 

 

Qurbonova Farida Rustamovnakafedra dosenti, t.f.n

 

Qurbonova Farida Rustamovna tibbiyot fanlari nomzodi, dosent, TXKMRM ilmiy Kengashi a'zosi.

1947 yilda tavallud topgan. 1973-1974 yillarda shoshilinch tibbiy markazida internatura o'tagan. 1974 yildan O'rta Osiyo Pediatriya tibbiyot instituti "ichki kasalliklar" kafedrasi katta laboranti lavozimidan mehnat faoliyatini boshlagan.

1978-1985 yillarda O'rta Osiyo Pediatriya tibbiyot instituti, "ichki kasalliklar" kafedrasining assistenti lavozimida ishlagan. 1985 dan 2001 yilgacha Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti "ichki kasalliklar va farmakoterapiya" kafedrasining assistenti, 2001 dan 2017 yilgacha esa shu kafedraning dosenti lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Xozirgi kunda markazning ichki kasalliklar kafedrasi dosenti lavozimida ishlab kelmoqda.

 

 

Maksumova Magdiya Gafurovnakafedra dosenti, t.f.n

 

Maksumova Magdiya Gafurovna tibbiyot fanlari nomzodi, dosent, 1948 yilda tavallud topgan. 1972 yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini tamomlab, 1974 yilga qadar 10-shahar klinik shifoxonasida terapiya mutaxassisligi bo'yicha internatura o'tagan.

1974-1993 yillarda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Kardiologiya va funktsional diagnostika kafedrasi assistenti, 1993 dan 2008 yilgacha Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Kardiologiya va funktsional diagnostika kafedrasi dosenti lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2008 dan 2017 yilgacha Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Funktsional diagnostika kafedrasi dosenti va 2021 yilgacha esa ichki kasalliklar - 2 kafedrasi dosenti lavozimida ishlagan. Xozirgi kunda markazning ichki kasalliklar kafedrasi dosenti lavozimida ishlab kelmoqda.

 

 

Xatamova Diloram To'xtamurodovna kafedra dosenti, t.f.n

Xatamova Diloram To'xtamurodovna tibbiyot fanlari nomzodi, dosent, kafedraning xo'jalik xisobidagi faoliyati uchun mas'ul, terapiya fakulteti muammo xaya'tining ilmiy kotibi.

         1978 yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini tamomlagan, 1978-1980 yillarda Toshkent transport muhandislari instituti va tibbiy -sanitariya bo'limida umumiy amaliyot shifokori, so'ngra Toshkent shahridagi 1-sonli Markaziy poliklinikada kardiolog bo'lib ishlagan.

         Kardiologiya ilmiy-tadqiqot institutida tadqiqotchi bo'lib ishlagan, hamda, sanitariya gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutida ilmiy xodim bo'lib ishlagan, Toshkent Davlat tibbiyot institutining ichki kasalliklar va propedevtika kafedrasida dars bergan.

         1994 yildan hozirgi kungacha tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ichki kasalliklar kafedrasida ishlab kelmoqda.

 

 

Alimov Ulugbek Sadikovich – kafedra katta o'qituvchisi, t.f.n.

 

Alimov Ulugbek Sadikovich tibbiyot fanlari nomzodi, katta o'qituvchi. Kafedrada ilmiy, ma'naviy va ma'rifiy ishlarga mas'ul.  1982 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlab, 1982-1984 yillarda ushbu institutning "Ichki kasalliklar propedevtikasi" kafedrasida klinik ordinatura o'tagan. 

Mehnat faoliyatini ToshDavTI 1-klinikasi Respublika nefrologiya markazi gemodializ laboratoriyasi shifokori lavozimida ishlashdan boshlagan. 1989 dan 1991 yilga qadar ToshDavTI "ichki kasalliklar propedevtikasi" kafedrasi assistenti, va 1994 yilga qadar esa ushbu kafedra aspiranti bo'lgan. 1994 yilda nomzodlik dissertasiyasini ximoya qilgan.

1997 yildan 2019 yilgacha 51411 harbiy qismda harbiy shifokorlik lavozimlarida faoliyat yuritgan, zaxiradagi polkovnik.

2019 yildan 2021yilga qadar ToshVMOI "ichki kasalliklar 2" kafedrasi assistenti, 2023 yildan esa tibbiyot xodimlari kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ichki kasalliklar kafedrasi katta o'qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

 

                  Saipova Maxira Lutpullaevna kafedra dosenti, t.f.n

 

         Saipova Maxira Lutpullaevna tibbiyot fanlari nomzodi, dosent, ichki kasalliklar kafedrasining o'quv faoliyati uchun mas'ul va TXKMRM ilmiy Kengashi a'zosi.

         1987 yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini tamomlagan Yangiyo'l shahar kasalxonasida amaliyot o'tagan va u erda umumiy amaliyot shifokori bo'lib ishlagan.

          1998 yilda u "terapiya-2" kafedrasida klinik ordinaturani shuningdek aspiranturani tamomlagan. Kafedra assistenti lavozimida ishlagan. 2012 yildan hozirgi kunga qadar TXKMRM ichki kasalliklar kafedrasi dosenti lavozimida faoliyat olib bormoqda.

 

 

Musaeva Shoira Zoirovna kafedra dosenti, t.f.n

 

         Shaira Zoirovna Musaeva, tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ichki kasalliklar kafedrasi dosenti, kafedraning davolash ishi va klinik ordinatura uchun mas'ul, TXKMRM ilmiy Kengashi a'zosi. 1989 yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini tamomlab, terapiya amaliyotini o'tagan. Toshkentdagi 21 va 14 poliklinikalarda tuman terapevti bo'lib ishlagan.

         1998 yilda Toshkent malaka oshirish institutining "2-terapiya" kafedrasida aspiranturani tamomlagan. Ushbu kafedrada u dastlab laborant, so'ngra kafedra assistenti va dosenti lavozimlarida mehnat faoliyatini davom ettirgan.

Hozirgi vaqtda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantiri markazi, Ichki kasalliklar kafedrasida dosent vazifasida ishlab kelmoqda.

 

 

Ziyamuxamedova Muxabbat Mirzaitovna – kafedra assistenti

 

         Ziyamuxamedova Muxabbat Mirzaitovna "Ichki kasalliklar" kafedrasi assistenti, kafedrada ma'naviyat, inventarizasiya va masofaviy o'qitish masalalari bo'yicha mas'uldir.

         1996 yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini tamomlab, terapiya internaturani o'tagan.

         O'zbekselmash tibbiy-sanitariya bo'limining poliklinika bo'limida tuman shifokori bo'lib ishlagan. Toshkent malaka oshirish institutining ichki kasalliklar kafedrasida klinik ordinatura va aspiranturani tamomlagan. Hozirda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ichki kasalliklar kafedrasida assistent bo'lib ishlaydi.

 

 

Usmanova Dilnoza Ulugbekovna – kafedra assistenti, PhD

Usmanova Dilnoza Ulug'bekovna kafedra assistenti, tibbiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD). Kafedrada elektron xujjat almashinuvi va xujjatlarni yuritish ishlariga mas'ul.

 2005 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasiga o'qishga kirib, 2012 yilda institutni muvafaqitli yakunlagan.

2012-2014 yillar davomida Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining ichki kasalliklar va farmakoterapiya kafedrasida terapiya mutaxassisligi bo’yicha klinik ordinaturani tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2016 yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining ichki kasalliklar va farmakoterapiya kafedrasida stajyor o'qituvchi lavozimidan boshlagan. 2017-2019 yillarda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti ichki kasalliklar-2 kafedrasi assistenti bo'lib ishladi. 2021 yildan xozirgi kungacha tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ichki kasalliklar kafedrasida assistent lavozimida ishlab kelmoqda.

2023 yil "Buyrak transplantasiyasi o'tkazgan bemorlarda klinik-ijtimoiy tadqiqot, ularni olib borish va reabilitasiyasini tashkillashtirishni takomillashtirish yo'llari" mavzusida tibbiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissetrasiyasini ximoya qilgan.

 

 

Nurmuxamedova Dilnoza Erkinovna – kafedra assistenti

 

Nurmuxamedova Dilnoza Erkinovna kafedra assistenti. 2006 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasiga o'qishga kirib, 2013 yilda institutni muvafaqitli yakunlagan.

2013-2015 yillar davomida Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining ichki kasalliklar va farmakoterapiya kafedrasida terapiya mutaxassisligi buyicha klinik ordinaturani tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2018 yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining ichki kasalliklar kafedrasida stajyor o'qituvchi lavozimidan boshlagan. 2018-2022 yillarda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti ichki kasalliklar-1kafedrasida assistent bo'lib ishladi.

2022 yildan xozirgi kungacha tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ichki kasalliklar kafedrasida assistent lavozimida ishlab kelmoqda.

 

KAFEDRA HAYOTI HAQIDA MA'LUMOT

 

 

 

 

Kafedra joylashgan Ibn Sino nomli 1 son shahar klinik shifoxonasida  malaka oshirish va ixtisoslashtirish uchun kelgan tinglovchilar uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Quyidagi bo'limlarda tinglovchilar amaliy kasb mahoratlari oshiriladi: Terapiya, Kardiologiya, Pulmonologiya, Allergologiya, Endokrinologiya, Gematologiya hamda Reabilitasiya bo'limlari.

 

 

 

 

 

Kafedrada Ichki kasalliklar barcha yo'nalishlari bo'yicha ma'ruza, seminar va amaliy darslar olib boriladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Kafedra xodimlari Respublika hamda xorijiy ilmiy-amaliy

anjumanlarda ma'ruzalar bilan, shuningdek, anjuman tashkilotchilari

sifatida faol ishtirok etadilar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

  Kafedra xodimlari SSV va markaz tomonidan tashkil etiladigan turli ma'daniy-ma'rifiy va sog'lomlashtirish tadbirlarda xam faol ishtirok etib keladilar

 

 

 

 

 

 

Kafedra xodimlari mukofotlari:

Kafedra mudiri Ibragimov A.Yu. 2007 yilda "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sog'liqni saqlash xodimi" faxriy unvoni, 2014 yilda "el-yurt xurmati" ordeni hamda 2023 yilda I darajali mexnat faxriysi ko'krak nishoni bilan mukofotlangan.

 

 

 

 

 

 

Kafedra dosentlari Musaeva Sh.Z. va Saipova M.L. lar ham davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlar.

 

 

 

Du
08:00 - 17:00
Se
08:00 - 17:00
Cho
08:00 - 17:00
Pa
08:00 - 17:00
Ju
08:00 - 17:00
Sha
-
Ya
-