Kariev Shuxrat Maratovich
Kariev Shuxrat Maratovich 1962 yil 7 aprel kuni Tashkent shahrida xizmatchilar oilasida tavallud topdi. 1987 yil Tashkent Davlat tibbiyot institutining davolash fakultetini tugatdi.
Mehnat faoliyati: 1985-1996 yillar O‘zbekiston Respublikasi neyroxirurgiya ilmiy tekshirish institutida vrach-interna, poliklinika bo‘limining vrach neyroxirurgi, vrach otorinolaringolog, dignostika bo‘limining mudiri bo‘lib ishladi.
1997-2003 yillar – Tashkent shahar 6-son mehnat tibbiy ekspertizasi komissiyasi vrach-eksperti, Tashkent shahar 5-son mehnat tibbiy ekspertizasi komissiyasi raisi, Tashkent shahar mrkaziy mehnat tibbiy ekspertizasining III tarkibi komissiyasi raisi, Tashkent shahar 6-son mehnat tibbiy ekspertizasi komissiyasi raisi lavozimlarida ishlagan.
2003-2017 yillar – Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti «Vrachlik-mehnat ekspertizasi» kafedrasida assistent, dotsent, professor, kafedra mudiri lvozimlarida ishladi.
2017 yil oktabr oyidan Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti «Neyroxirurgiya kafedrasi tibbiy-ijtimoiy ekspertiza kursi bilan » kafedrasining mudiri.
1991 yili tibbiyot fanlari nomzodi dissertatsiyasini yoqladi.
2006 yili tibbiyot fanlari doktori dissertatsiyasini yoqladi.
2012 yili professor unvonini oldi.
Kariev Sh.M. raxbarligida 1 ta nomzodlik dissertatsiya yoklandi, xamda xozirgi vaktda 2ta doktorlik ish olib bormokda. Respublikamizda va yaqin va uzoq mamlakatlarda o‘zining 120 dan ortiq bosma ishlarini nashr qilgan.
Oilali, qizi bor.