«Klinik farmakologiya» kafedrasi
TXKMRMning «Klinik farmakologiya» kafedrasi 2015 yilda tashkil topgan.
Kafedrani professor, t.f.d. Mavlyanov Iskandar Raximovich boshqarib kelmoqda.
Mavlyanov I.R. boshchiliklarida kafedrada ilmiy tadqiqotlar va izlanishlar olib borilgan. Kafedradagi ilmiy izlanishlarning dolzarb yo‘nalishlari – “Ratsional farmakoterapiya asoslari muommolariga bag‘ishlangan.
Mavlyanov Iskandar Raximovich
Professor, t.f.d.
«Klinik farmakologiya» kafedrasi mudiri

I.R. Mavlyanov 1958 yil 2 iyulida Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tug’ilgan. U 1965 yilda o’rta maktabga kirib, 1975 yilda uni “oltin medal” bilan muvafaqiyatli tugatadi. U maktab yoshlaridanoq tibbiyot sohasiga qiziqishi yuqori bo’lganligi tufayli ushbu yili Toshkent Davlat Tibbiyot institutining davolash fakultetining talabasi bo’lish imkoniyatini qo’lga kiratadi. Tibiyot bilimiga chanqoqligi tufayli, talabalik davrining boshlang’ich davrlaridanoq har tomonlama bilim olishga va tibbiyot sohasi fanlarini o’rganishga hamda a'lo baholar olib o’qishga intiladi. Turli fanlar yo'nalishi, ayniqsa fundamental fanlarga qiziqishi uni talabalar ilmiy to’garagiga qatnashishga, dastlabki ilmiy izlanishlarda ishtirok etishga va ilmiy ma'ruzalar bilan talabalar ilmiy-anjumanlarida ma'ruzalar bilan chiqishga undaydi. I.R. Mavlyanov talabalar ilmiy jamiyatining faol ishtirokchisi sifatida uzining dastlabki ilmiy izlanish materiallarini turli to’plamlarda chop etishga erishadi. Keyinchalik esa institut talabalar ilmiy kengashining targ’ibot masalalari bo’yicha o’rinbosari sifatida ham jamoat ishini olib boradi. U talabalik davrida barcha fanlarni a'lo baholarga o’zlatiradi va institutni 1981 yili “imtiyozli” diplom bilan tugatadi va institut rektori tomonidan iqtidorli talabalar uchun ta'sis etilgan “Hurmat diplomi” bilan taqdirlanadi.
I.R. Mavlyanov 1981 yili Toshkent Davlat Tibbiyot instituti rektori buyrug’iga binaon institut klinik farmakologiya kafedrasi stajyor-tadqiqotchi sifatida tasdiqlanadi. 1983 yilda u stajyor-tadqiqotchilik kursini tugallab klinik farmakolog ixtisosligini egallaydi. U ushbu ixtisoslik bo’yicha o’z mehnat faoliyatini ushbu institut klinik farmakologiya kafedrasi katta laboranti lavozimidan boshlaydi. O’ziga yuklatilgan funktsional vazifalar bilan bir qatorda I.R. Mavlyanov klinik farmakologiya fanini o’qitish metadologiyasini o’rganish bilan ham shug‘ullanadi. U 1981-84 yillar mobaynida ToshDavTI qoshidagi Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida “Kuyish jarohatlarida, jigarda metabolizmga uchraydigan dori vositalari farmakodinamikasi va farmakokinetikasi xususiyatlari” ga bag’ishlangan mavzu bo’yicha eksperimental va klinik tadqiqotlar olib boradi. 1987 yilda ushbu mavzu yo'nalishida olingan ma'lumotlar asosida I.R. Mavlyanov nomzodlik dissertatsiyasini muvafaqiyatli himoya qiladi va tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini oladi.
I.R. Mavlyanov 1986 yildan boshlab ToshDavTI klinik farmakologiya kafedrasi asissenti lavozimida ishlay boshlaydi. U 1989 yilga kelib Respublikada ilk bor dori vositalari nojuya ta'sirotini o’rganish axborot-taxlili Respublika Markazi ochilishi munosabati bilan ushbu markazning klinik farmakokinetika laboratoriyasi mudiri lavozimiga o’tkaziladi. Ushbu yo'nalishda dori vositalarini klinik sharoitda o’rganish, ularning qondagi miqdorini aniqlash usullarini amaliyotga tadbiq etish va dori bilan davo samaradorligi va xavfsizligi masalalari bilan faol shug’ullanadi.
1990 yil ToshDavTI negizida ikkita tibbiyot instituti, 1 va 2-ToshMI shakllantirilishi munosabati bilan I.R. Mavlyanov 1-ToshMI qoshidagi Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasiga ishga o’tkaziladi. U avval katta ilmiy xodim, so’ng bo’lim rahbari va keyinchalik esa ushbu laboratoriya rahbari lavozimlarida ishlaydi. Ushbu davr I.R. Mavlyanovni olim sifatida shakllanishida, eksperimental va klinik tibbiyotning turli yo'nalishlari bo’yicha ilmiy izlanishlarni shakllantirish va ilmiy-uslubiy yordam ko’rsatish tizimini chuqur o’rganish va tahlil etish bo’yicha I.R. Mavlyanov uchun o’ziga xos tajriba davri bo’ldi.
I.R. Mavlyanov tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgandan so’ng o’z ilmiy izlanishlarini “Chaqaloqlar Respirator distress sindromini monooksigenaz tizimi induktorlari orqali antenatal profilaktikasini klinik-eksperimental asoslash” mavzusida davom ettirdi va 1994 yili ushbu mavzu bo’yicha doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olishga sazovor bo’ldi. U o’tkazilgan ilmiy tadqiqotlar asosida chaqaloqlar respirator distress sindromi kelib chiqishining asosiy sababi bo’lgan surfaktant tizimini nosozligini ilk bor o’pka ho’jayralari monooksigenaz tizimi holati bilan bog’laydi va shu asnoda ushbu xastalikni kelib chiqishini oldini olish uchun yangi yondashuv, ya'ni monooksigenaz tizimi induktorlarini qo’llashni klinik-eksperemental asoslab bergan.
I.R. Mavlyanov 1-ToshMI qoshidagi Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi rahbari lavozimida ishlagan kezlarida dori vositalarini samaradorligi va havfsizligi yo'nalishidagi ilmiy izlanishlar uchun qator farmakodinamika va farmakokinetikani baholovchi usullarni tadbiq etdi. Farmakologiya va klinik farmakologiya, ichki kasalliklari fanlari kesimida ilmiy izlanishlarni davom ettirdi, shogirdlar bilan ishladi. I.R. Mavlyanov 1994 yilga kelib nomzodlik dissertatsiyasi bo’yicha 2 ta izlanuvchilarga rahbarlik qilib, shogird tayyorladi.
I.R. Mavlyanov ilmiy faoliyati turli patologik holatlarda organizm spetsifik va nospetsefik tizimlari orasidagi o’zaro munosabat va ushbu munosabat buzilishlarini farmakologik korrektsiyasi muammolari ga bag’ishlangan nazariy yo'nalish hamda dori bilan davo samaradorligi va xavfsizligini ta'minlashga yo'naltirilgan amaliy muammolarni hal qilishga qaratilgandir.
1998 yilda I.R. Mavlyanov 14.00.42 – klinik farmakologiya ixtisosligi bo’yicha professor ilmiy unvonida tasdiqlandi. U 2000 yildan boshlab 1-Toshkent Tibbiyot instituti klinik farmakologiya kafedrasi mudiri lavozimiga tasdiqlanadi. Ushbu davrdan boshlab I.R. Mavlyanov ilmiy faoliyat bilan bir qatorda faol pedagogik faoliyat bilan shug’ullana boshlaydi. Klinik farmakologiya fanini o’qitish bo’yicha qator qo’llanma va uslubiy tavsiyanomalar, o’quv rejalari va dasturlar ishlab chiqishda faol ishtirok etadi. O’sha davrda Oliy ta'lim tizimida qator yangiliklar kiritilishi munosabati bilan Oliy tibbiy ta'lim tizimi uchun “Ta'lim standartlari”, “Umumiy amaliyot shifokolar uchun malakaviy talab”, davolash ishi bo‘yicha barcha fanlar yo'nalishida namunaviy dasturlarni shakllantirishni tashkil qilishda ishtirok etadi.
I.R. Mavlyanov 2007 yili Yevropa Tabiiy Fanlar Akademiyasini haqiqiy a'zosi, 2008 yil 16 oktyabrida esa Rossiya Federatsiyasi Tibbiyot va Texnika Akademiyasining muxbir a'zosi etib ta'yinlangan.
U 500 dan ortiq chop etilgan ilmiy ishlar, jumladan 3 ta monografiya, 5 ta darslik, 20 dan ortiq qo’llanma, 10 ta uslubiy tavsiyanoma, 6 ta patentlar muallifidir. Bir necha bor Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida fundamental va amaliy grantlar kesimida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borgan. I.R. Mavlyanov rahbarligida 12 ta fan doktori va 22 ta fan nomzodlari tayyorlangan.
I.R. Mavlyanov Sog’liqni saqlash vazirligi Farmakologik qo’mitasi, ichki kasalliklari bo’yicha ilmiy-texnik kengashini a'zosidir. U O’zbekiston farmakolog va klinik farmakologlari jamiyati raisi o’rinbosari, O’zbekiston terapevtlar assosatsiyasi boshqaruvi a'zosi, Milliy bioyetika qo’mitasini, Toshkent tibbiyot akademiyasi ichki kasalliklari fani bo’yicha muammo kengashi a'zosi sifatida ham faoliyat ko’rsatadi. Shu bilan bir qatorda I.R. Mavlyanov «Nazariy va klinik tibbiyot jurnali», «Infektsiya, immunitet va farmakologiya» jurnallarining bosh muxarriri o’rinbosari va boshqa qator tibbiyot sohasi bo’yicha jurnallarning redkollegiya a'zosi sifatida ham xizmat qilib kelmoqda.
Ilmiy va jamoat sohalari yo'nalishi bilan bir qatorda I.R. Mavlyanov klinik farmakologiya fani sohasida pedagogik faoliyatini davom ettirib kelmoqda. U ushbu yo'nalishda bakalavr talabalar, klinik ordinator va magistrlarga ratsional va havfsiz farmakoterapiya tamoyillari bo’yicha bilim va ko’nikmalar singdirib kelmoqda. Sog’liqni saqlash tizimi davolash profilaktika muassasalariga farmakoterapiya samaradorligini oshirish usullari hamda dori bilan davolash natijasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan nojuya ta'sir xavfini olish yondashuvlarini tadbiq etmoqda.
I.R. Mavlyanov 2012-2016 yillarda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bulimi boshlig’i lavozimida ishladi.
2015 ilda Sog’liqni saqlash vazirining buyrug’i asosida Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida “Klinik farmakologiya” kafedrasi tashkil etilishi munosabati bilan ushbu kafedra mudiri lavozimiga tasdiqlandi.
I.R. Mavlyanov hozirgi kunda “Klinik farmakologiya” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib borish bilan bir qatorda Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazi direktori o‘rinbosari sifatida xam ishlamoqda.
Mavlyanov Zafar Iskandarovich
Dotsent, t.f.n.

Abdullayev Asiljon Qaxramanovich
Assistent, t.f.n.

A.Q. Abdullaev 1971 yil 27 noyabrida Buhoro viloyati Shofirkon tumanida ziyoli oilasida tug’ilgan. U 1979 yilda o’rta maktabga kirib, 1989 yilda uni “kumush medal” bilan muvafaqiyatli tugatadi. U maktab yoshlaridanoq tibbiyot sohasiga qiziqishi yuqori bo’lganligi tufayli ushbu yili Samarqand Davlat Tibbiyot institutining davolash fakultetining talabasi bo’lish imkoniyatini qo’lga kiritadi. Tibbiyot bilimiga chanqoqligi tufayli, talabalik davrining boshlang’ich davrlaridanoq har tomonlama bilim olishga va tibbiyot sohasi fanlarini o’rganishga intiladi. Turli fanlar yo'nalishi, ayniqsa jarrohlik fanlarga qiziqishi uni jarrohlik amaliyotlarida dastlab faqat kuzatuvchi va keyinchalik jarrohlik amaliyotlari vaqtida yordamchi sifatida faoliyat yuritishga undaydi. A.Q. Abdullaev talabalar ilmiy jamiyatining faol ishtirokchisi sifatida uzining dastlabki ilmiy izlanishlarini "o'tkir pankreatit" kasalligini uchrashi, sabablarini o'rganishga qaratilgan.
A.Q. Abdullaev 1995 yilda Samarqand Davlat Tibbiyotni tugatib Buhoro Davlat Tibbiyot institutining gospital jarrohlik kafedrasi dastlab klinik ordinatura va keyinchalik aspiranti sifatida faoliyatini boshlaydi. 1998 yildan boshlab ushbu institutning markaziy laboratoriyasida kichik ilmiy hodim sifatida faoliyatini davom ettiradi. 2000 yildan Buhoro Davlat Tibbiyot rektori buyrug’iga binoan institut farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi sifatida tasdiqlanadi. O’ziga yuklatilgan funktsional vazifalar bilan bir qatorda A.Q. Abdullaev farmakologiya va klinik farmakologiya fanini o’qitish metadologiyasini rivojlantirish bilan ham shug’ullanadi. U 2002 yilda “Opkaning surunkali kasalliklari jarrohligida jigar va buyrakdagi funksional o’zgarishlar” mavzusidagi ilmiy ishini muvofaqiyatli yakunlab tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo'ldi.
2003- yildan boshlab 1-ToshDavTI klinik farmakologiya kafedrasida assistent lavozimida faoliyatini boshlaydi va o’z ustida ishlashni davom ettiradi. 2005 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi tashkil etilishi munosabati bilan akademiyaning 1-klinik shifohonasi bazasida faoliyatini davom ettirdi. O’quv jarayoni bilan bir vaqtda bemorlarni davolash singari faoliyat bilan ham jiddiy shug’ullandi. 2009 yildan boshlab “Giperurikemiya” mavsuga bag’ishlanlangan ilmiy ish bilan mustaqil ravishda ish olib bordi.
A.Q. Abdullaev 2012 yildan boshlab Toshkent shahar 1-sonli Ibn Sino nomli klinik shifoxonasida terapevt shifokor sifatida faoliyat yuritadi. Bu vaqtda ham klinik farmakologiyaning tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish bilan shug’ullandi.
2015 yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti klinik farmakologiya kafedrasi tashkil etilishi munosabati bilan ushbu kafedra assisenti lavozimiga ishga qabul qilindi. Shuningdek ushbu davrda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida klinik farmakolog shifokor sifatida o’rindoshlik asosida faoliyat yuritish, “Shoshilinch tibbiyot amaliyotida patsional farmakoterapiya” tamoyillarini amaliyotga joriy etish bilan ham shug’ullandi.
2017-2018 yillari Respublika sport tibbiyoti ilmiy markazida farmakolog sifatida ish olib bordi va bu vaqtda sportchilar uchun zarur bolgan 7 turdagi quvvatlantiruvchi hamda sportchilarni jismoniy faolligini ushlab turuvchi dori vositalarini qo’llash bo’yicha uslubiy ishlanmalar tayyorladi. Ushbu ishlanmalardan hozirgi kunda ham foydalanib kelinmoqda.
2019 yildan Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini oshirish markazi klinik farmakologiya kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu davrda Akfa medline xususiy klinikasida klinik farmakolog vrach siratida ish olib borish jarayonida “Ratsional farmakoterapiya tamoyillarini” amaliyotga tatbiq etib kelmoqda.
A.Q. Abdullaev hozirgi kun tibbiyotining dolzarb muammolaridan biri bo’lgan Giperurikemiyaga bag’ishlangan maqolalari Xorijiy va mahalliy jurnallarda chop etib kelinmoqda, shunindek xalqaro konferensiyalarda o’zining ilmiy mavzusiga oid tezislari hamda ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda.
Olimov Alimordon Ruzikulovich
Assistent

Olimov Alimordon Ruzikulovich, 1986 yil 19 yanvarda Samarqand viloyatida xizmatchi oilasida tug’ilgan. 2012 yil Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining tibbiy pedagogika fakultetini bitirib, 2013-2017 yillarda Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining «Shoshilinch tibbiy yordam» kafedrasida mutaxassislik buyicha magistraturani tugatdi. 2021 yildan boshlab TXKMRM Klinik farmakologiya kafedrasida assistent lavozimida ishlab kelmoqda.