Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Nasirova Umida Feruzovna

Nasirova Umida Feruzovna
Tibbiyot fanlar doktori, kafedra mudirasi
Telefon:
--

Neonatologiyakafedrasi

Kafedra 1978 yilda tashkil etilgan va sobiq SSSR tibbiyot xodimlari malakasini oshirish institutlari tarkibidagi dastlabki ikkita neonatologiya kafedrasidan biri bo'lgan.

1978-1986 yillarda kafedraga tibbiyot fanlari nomzodi, dosent A. K. Qosimov rahbarlik qildi. 1986-1999 yillarda kafedrani tibbiyot fanlari doktori, professor E. V. Pikulina boshqargan. 1999 yildan 2017 yilgacha kafedrani tibbiyot fanlari doktori, professor Muxamedova H. T. boshqargan. 2017 yildan hozirgi kungacha kafedrani tibbiyot fanlari doktori, dosent Nasirova u. F. boshqarib kelmoqda.

 

Nasirova Umida Feruzovna

(Tibbiyot fanlari doktori, dotsent, kafedra mudiri )

 

 

2002 yilda Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutining pediatriya fakultetini tamomlagan. 2002 yilda Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutida neonatologiya kafedrasida aspirant sifatida ilmiy va pedagogik faoliyatini boshlagan.

2005 yildan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti neonatologiya kafedrasida assistent. 2005 yilda «Yangi tug‘ilgan vaqtinchalik hipotiroidizm bilan maktabgacha yoshdagi bolalarning psixomatik salomatligi» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.2005-2015 yillarda Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti Neonatologiya kafedrasida dotsent lavozimida ishlagan va 2010-2011 yillar davomida AES-2 davlat granti doirasida tadqiqot olib borgan, 2015 yilda «Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar bilan uyali energiya almashinuvini baholash bilan yurak-qon tomir tizimi holati» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. (14.00.09) .2016 yildan Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti kafedrasida dotsent lavozimida ishladi. Shaxar Bolalar shifoxonasi №1 bazasida chaqaloq patologiyasi bo‘limlari va reanimatologiya bo‘limida, Respublika  Perinatal markazi, RIIA Ona va bola tibbiyot markazi   klinikalarida bemorlarni davolashda ishtirok etib, havo tezyordami muammolari bo‘yicha tavsiyalar beradi. Umumiy ish staji 15 yil, ilmiy va pedagogik faoliyati 14 yil. 2017 yildan boshlab TXKMRM neonatologiya kafedrasi mudiri.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirliging “ O‘zbekiston Respublikasi SSV bosh neonatologi”  sifatida 2020 yildan faoliyat ko‘rsatadi.

Covid-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda muntazam faoliyat ko‘rsatdi.

Mutaxassislik malakasini oshirishda doimiy ravishda o‘z ustidi ishlaydi. Mavzuiy seminarlarda, ilmiy-amaliy konferensiya va xalqaro kongresslarda muntazam ishtirok etadi. Soxaga taaluqli oxirgi adabiyotlardan, monografiya, jurnallardan va bosh markaziy Koxreyn kutubxonasidan keng foydalanadi. Yangi olingan ma'lumotlarni dars jarayoniga  tadbiq etadi. Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib kelmoqda, jumladan O‘zbekistonda, yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlarda o‘tkazilayotgan tibbiyot vizualizasiyasi, diplomdan keyingi ta'limni rivojlantirish hamda zamonaviy o‘quv texnologiyalarga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjumanlar va xalqaro seminarlarda  muntazam ishtirok etib, o‘z malakasini oshirib kelmoqda.  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi. 90 dan ortiq ilmiy ishlar, 8 ta uslubiy tavsiyalar, 2 ta kitob va neonatologiya bo‘yicha 2 ta o‘quv qo‘llanmalari (tibbiyot oliy o‘quv yurtlari kursantlari va talabalari uchun) muallifi. Uning rahbarligida 1ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan.

 

Latipova Guli G'ayratovna

(Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent)

 

 

Latipova Guli G'ayratovna 2002 yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutni bitirgan. 2011 yildan buyon tibbiyot fanlari nomzodi. Nomzodlik dissertasiyasini 2010 yil 19 noyabrda "Markaziy nerv tizimi perinatal shikastlangan bolalardagi zotiljamda apoptoz omillari faollashuvining ahamiyati" mavzusida 14.00.09 – pediatriya ixtisosligi bo'yicha himoya qilgan.

Umumiy ish staji 25 yil, ilmiy ish staji 9 yil, pedagogik ish staji 9 yil; jumladan TXKMRMdagi pedagogik ish staji 7 yil.

G.G. Latipova 2018 yildan TXKMRM neonatologiya kafedrasida o'kuv ishlari bo'yicha ma'sul xodim bo'lib ishlab kelmoqda. Pediatriya fakulteti kengashi a'zosi.

Latipova Guli Gayratovna, neonatologiya fani sohasidan o'quv dasturi bo'yicha 2017-2023 o'quv yillari davomida neonatologiya 144 soatlik UMO (1 oylik), 144 soatlik MMO (1 oylik), hamda 504 soatlik (3,5 oylik), ixtisoslikni o'zgartirish uchun o'qiyotgan kursantlarga ma'ruzalar o'qiydi, seminar darslari o'tishi va amaliy ko'nikmalarda ustoz sifatida zamonaviy davolash usullarini ko'rsatib borishi bilan birga ixtisoslikni o'zgartirish uchun o'qiyotgan kursantlarga va kafedraning o'quv ishlariga javobgar; o'quv-uslubiy qo'llanma va o'quv rejalarini yaratilishida faol faol ishtirok etib kelmoqda. Yillar davomida neonatologiya fanidan yangi o'quv dasturlar tuzishda faol qatnashgan.

Latipova G.G 18 ta. ilmiy maqola va tezislar, 1 ta monografiya, 3 ta metodik qo'llanma va tavsiyalar, ilmiy jurnallarda 12 ta ilmiy makola, shundan nufuzli xorijiy jurnallarda 2 ta ilmiy makola va respublikamizdagi xalqaro mavqega ega ilmiy jurnallarda 10ta ilmiy makola, 6 ta tezislar, shulardan 1tasi xorijiy davlatlarda, 5 tasi Respublika ilmiy-amaliy anjumanlar to'plamlaridagi tezislar muallifi.  Xozirgi kunda g.G.Latipova O'zbekiston Respublika Sog'likni saqlash vazirligi grant ilmiy-tadqiqot ishining 2023-2025 yillardagi "chala tug'ilgan bolalar kasalliklarini oldini olish maqsadida bashoratlashning yangi usulini ishlab chiqish" mavzusidagi innovasion loyihasida bo'yicha ilmiy xodimi lavozimida faoliyat ko'rsatib kelmoqda.

 

Du
08:00 - 17:00
Se
08:00 - 17:00
Cho
08:00 - 17:00
Pa
08:00 - 17:00
Ju
08:00 - 17:00
Sha
-
Ya
-