“O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” kursi
Tibbiyot xodimlarining ilmiy-falsafiy dunyoqarashini kengaytirish hamda davolash jarayonida mavjud bo‘lgan ba’zi o‘ziga xos jihatlarni tadqiq qilish maqsadida 1948 yili birinchi marta “Tibbiyotning falsafiy muammolari” kafedrasi tashkil etildi.
Kafedraning ilk rahbari Solomon Naumovich Berger (1948-1951 yillar) bo‘lgan.
Keyingi yillarda kafedraga: Igor Borisovich Sinelnikov (1951-1953), Aleksandr Mixaylovich Smirnov (1953-1954), V.F.Sorokin (1955-1969), Aleksandra Ivanovna Luneva (1969-1971), Akil Adilovich Fayziyev (1971-1976) Ibrohim Murtazoyevich Haydarov (1976-2001), Azat Muminovna Agzamova (2001-2005), Polvonxon Porsayevich Chuliyev (2006-2013) kabi mashhur olimlar mudirlik lavozimlarida ishlab kelgan.

1976 yilda kafedraning nomi “Biologiya va tibbiyotning falsafiy muammolari” deb o‘zgartirilgan.
1978-1992 yillar mobaynda kafedrani falsafa fanlari nomzodi, dotsent Ibrohim Murtazoevich Haydarov boshqardi. Shu davrda kafedrada dotsent D.V.Biryukov, katta o‘qituvchilar V.I.Luzin, M.I.Sulaymanova, V.K.Xripunov, A.I.Kapitanov kabi taniqli pedagoglar faoliyat ko‘rsatgan.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 1992 yil 17 avgustdagi 440-sonli buyrug‘iga asosan kafedra “Falsafa va sog‘lom turmush tarzi” nomi bilan qayta tuzilgan. Kafedra mudirligi lavozimiga tanlov asosida I.M.Haydarov o‘tgan.
2000 yildan boshlab kafedrada falsafa fanidan tashqari chet tillarni o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan.
2001-2005 yillarda kafedraga tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Ozoda Mo‘minovna Agzamova rahbarlik qilgan.

Kafedra faoliyatini yanada rivojlantirishda o‘z sohasining malakali mutaxassislari dotsent Mamatova Nodira Muxtorovna, dotsent v/b Ma’mura Islamovna Sulaymanova, katta o‘qituvchi Abduvaxob Abduraximovich Toxiriy va boshqalar katta hissa qo‘shdilar.
2006 yilning fevral oyida ToshVMOI rektori, professor Juraboy Ma’rufboyevich Sabirovning kafedrani saqlab qolish tashabbuslari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan va ToshVMOI Ilmiy Kengashining 25 yanvardagi 122-sonli qaroriga muvofiq “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi nomi bilan qayta tashkil etilgan.
2006-2013 yillarda kafedrani falsafa fanlari nomzodi, dotsent Polvonxon Porsaevich Chuliyev boshqarib kelgan.

Kafedrada “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanidan dotsent M.I.Sulaymanova, katta o‘qituvchi M.S.Xidoyatov, katta o‘qituvchi A.A.Nazarov, katta o‘qituvchi M.N.Nuritdinov, “Yangi pedagogik texnologiyalar va psixologiya” sikli bo‘yicha prof. Farxod Abduraxmonov, dos. Erkin Sattorov, katta o‘qituvchi Dilmurod Muxammadiev, ingliz tili o‘qituvchilari staj. o‘qituvchi Jamila Saidova, staj.o‘qituvchi Veronika Miktoryans, Nasiba Isamuxamedovalar faoliyat yuritishgan.
2013 yilning may oyida kafedra mudirligi lavozimiga e’lon qilingan tanlov natijasida ToshVMOI Ilmiy Kengashi qarori falsafa fanlari doktori Maxmudxo‘ja Nizamovich Nuritdinov saylangan.

Kafedrada “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanidan dotsent Ma’mura Islamovna Sulaymonova, dotsent Mavluda Bo‘riyeva, katta o‘qituvchi Maqsud Saidalievich Hidoyatov, assistent Mamadiyeva Shaxruza Yunusovna, ingliz tili o‘qituvchilari assistent Jamila Aminovna Saidova, katta o‘qituvchi Veronika Agaxanyans (Miktoryans), stajer o‘qituvchi Nasiba Aripdjanovna Isamuxamedova, stajer o‘qituvchi Ilona Isroilova kabi tajribali professor-pedagoglar faoliyat ko‘rsatganlar.
Kafedra professor-o‘qituvchilari bundan tashqari Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilarni qabul qilish bo‘yicha “O‘zbekiston tarixi”, “Falsafa” va “Xorijiy tillar” fanlaridan imtihon olishadi.
2019 yilda “Valeologiya” kafedrasi bilan hamkorlikda «ToshVMOI kafedralaridagi ma’naviyat-ma’rifat ishlariga mas’ul xodimlar» uchun “Milliy goya va ma’naviyat asoslari” yo‘nalishi buyicha 36 soatlik o‘quv dasturi tashkil etildi.

2020 yildan kafedrada “O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fanidan Maxmudxo‘ja Nizamovich Nuritdinov, dotsent Ma’mura Islamovna Sulaymonova, katta o‘qituvchi Maqsud Saidalievich Hidoyatov, assistent Aqida Xurram qizi Xaydarova, ingliz tili o‘qituvchilari assistent Jamila Aminovna Saidova, stajer o‘qituvchi Ilona Isroilova kabi tajribali professor-pedagoglar faoliyat yuritganlar
2022 yildan kafedra “O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” kursiga aylantirildi.
Kurs hodimlari: kurs rahbari Maxmudxo‘ja Nizamovich Nuritdinov, dotsent Aqida Xaydarova, katta o‘qituvchi Maqsud Saidaliyevich Hidoyatov, assistent Jamila Aminovna Saidova, stajer o‘qituvchi Ilona Isroilova kabi tajribali professor-pedagoglar hozirgi kungacha faoliyat yuritmoqda.
Kafedraga quyidagi olimlar rahbarlik qilishgan:

Igor Borisovich Sinelnikov
dotsent
1951-1953

Aleksandr Mixaylovich Smirnov
1953-1954

V.F.Sorokin
1955-1969

Aleksandra Ivanovna Luneva
dotsent
1969-1971

Akil Adilovich Fayziev
dotsent
1971-1976

Ibrohim Murtazoevich Haydarov
dotsent
1976-2001

Azat Muminovna Agzamova
Dotsent
2001-2005

Polvonxon Porsaevich Chuliev
falsafa fanlari nomzodi, dotsent
2006-2013
1951 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. o‘zbek. 1978 yilda Toshkent Davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagan. 1978-98 yillarda Falsafa va huquq institutida ishlagan. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi Falsafa va huquq instituti 1989 yilda “Ijtimoiy falsafa” ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
1998-2005 yillarda II ToshMI O‘zbekiston falsafa va tarixi kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 2005-2006 yillarda TMA ijtimoiy-gumanitar fanlar 1-kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan. 2006-2013 yillarda kafedrani boshqarib kelgan. 55 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar muallifi.

Maxmudxo‘ja Nizamovich Nuritdinov
falsafa fanlari doktori
1967-1972 yillarda Toshkent Davlat Universiteti Sharq tillari fakultetining arab tili va adabiyoti kafedrasida tahsil olgan. Talabalik yillarida Shimoliy Yaman (1970-71yy., Liviya xalq jamohiriyatida 1980-81yy.), Suriya Arab Respublikasi harbiy havo kuchlari bosh qo‘mondonligida arab tili tarjimoni vazifasida ish boshlagan.
1976-77 yillar Toshkent Davlat tibbiyot instituti qoshidagi «Bilim» jamiyatining raisi sifatida mehnat qilgan. 1977-1979 yillar O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti aspiranti va 1981 yilda nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. 1988 yilgacha O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti katta ilmiy xodimi lavozimida ishlagan.
1988-1992 yillar Suriya Arab Respublikasidagi Sovet savdo palatasida bosh referent, sinxron tarjimon sifatida mehnat qilgan.
1992-1994 yillar O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti doktoranti, so‘ng 1994 yili oyida ushbu institutning ixtisoslashgan kengashida doktorlik dissertasiyasini himoya qildi. U o‘z ustida ishlashdan to‘xtamadi. 2000 yilda Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutini bitirdi.
1995-2005 yillar O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruni nomidagi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, «Islomshunoslik va ijtimoiy fikr» bo‘limi mudiri, 1997-1999 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Islom tadqiqotlari markazi direktori, 1999-2000 yilllar O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi gumanitar fanlar bo‘yicha vitse prezidenti xizmatining raxbari lavozimlarida ishladi.
Maxjudxo‘ja Nuritdinov nafaqat O‘zbekistonda, balki chet davlatlarda ham ko‘p yillar davomida faoliyat ko‘rsatgan. Xususan, Italiyaning La-Sapenza universiteti islomshunoslik markazida tizimlik ma’ruzalar qildi. Keyinchalik, 2000-2011 illar davomida ilmiy faoliyati AQShda davom etdi. Shu muddatda Amerika Biografiya instituti ilmiy maslahatchilar kengashining a’zosi (2000y.), Nyu-York (AQSh) fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylangan.
2011-2013 yillarda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2013-2018 yy. Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri, 2018 yil O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Qur’onshunoslik va hadisshunoslik” kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritgan. Ushbu kafedra tugatilgach, 2018 yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Faoliyati davomida davomot va klinik ordinatorlar bilimini nazorat qilishni talab darajasida tashkil etishga erishdi va jamoani uyushtira oldi. U klinik ordinatorlarga «Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar», «O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati» fanlaridan, «Ma’naviyat» maxsus kurslaridan mahorat bilan ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar olib boradi.
Sharqshunoslik, manba’shunoslik, arab-musulmon falsafasi, ilohiyotshunoslik, islomshunoslik masalalariga bag‘ishlangan 40 ta kitob va monografiyalar, 400 dan ziyod ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar, 15 ta o‘quv dasturi nashr etilgan.
Kafedra professor-pedagog xodimlari:

Sulaymanova Ma’mura Islamovna
dotsent, tarix f.n.
Sulaymanova Ma’mura Islamovna, 1952 yil 17 dekabrda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1976 yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini “Imtiyozli” diplom bilan bitirgan. Umumiy ish staji 46 yil. 1976 -77 yillarda O‘z.KP. MK qoshidagi Partiya tarixi institutining partiya arxivi bo‘limida ishladi. 1977- 1993 yillarda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining falsafa kafedramida katta laborant, so‘ngra katta o‘qituvchi bo‘lib ishladi. Kafedrada ishlash bilan birga,1982 yilda Toshkent davlat chet tillar instituti (hozirgi Jahon tillar universiteti) qoshidagi aspiranturaning sirtqi bo‘limiga o‘qishga kirib, 1986 yili tugatdi. 1990 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1993 -2001 yillarda Q.S.Zoirov nomidagi O‘zbekiston sog‘liqni saqlash muzeyida jamg‘arma bo‘limining boshlig‘i bo‘lib ishladi.
2001 yil avgust oyidan ToshVMOIda “Sog‘lom turmush tarzi falsafasi va tillar” kafedrasida katta o‘qituvchi, 2005 yil avgust oyidan dotsent lavozimini bajaruvchi, 2006 yildan esa dotsent lavozimida ishlab kelmoqda. 90 dan ziyod ilmiy va ilmiy –ommabop maqolalar, 10 ta o‘quv dasturi hammuallifidir.

Xidoyatov Maqsud Saidalievich
katta o‘qituvchi, f.f.n.
Ilmiy ishlari bo‘yicha mas’ul
1954 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbek. 1977 yilda ToshDU (hozirgi M. Ulug‘bek nomidagi Milliy universitet) tarix fakultetining filosofiya bo‘limini tugatgan. 1977 - 1985 Beruniy nomidagi Toshkent Politexnika institutining filosofiya kafedrasining assistenti, 1985-1991 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi falsafa va huquq institutida kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlagan. 1989 yilda "ijtimoiy filosofiya" mutaxassisligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1991-1992 yillarda O‘zbekiston Respublikasi KP Markaziy Komitetiga tegishli Tarix institutida katta ilmiy xodim, sotsiologiya bo‘limining mudiri lavozimlarida ishlagan. 1992-1993 yillarda. O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasining birinchi kotibi bo‘lib xizmat qilgan. 1993-1995 yillarda Toshkent elektrotexnika aloqa instituti filosofiya kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi, 1995-1997 yillarda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida yetakchi ilmiy xodim, 1999-2000 yillarda UMED xalqaro MBA dasturining ofis menejeri, 2002-2009 yillarda M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti Madaniyatshunoslik va ijtimoiy pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi vazifalarini bajarib kelgan. 2010 yildan to hozirgi kungacha Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi vazifasini bajarib kelmoqda. Yoshlar sotsiologiyasi. ijtimoiy hayotga bag‘ishlangan, filosofiya mummmolariga, madaniyatshunoslikka oid 40 dan ziyod (shu jumladan 2 darslik) turli ilmiy va metodologik ishlar tayyorlagan. 13 ta o‘quv dasturi hammuallifidir.

Xaydarova Aqida Xurramovna
Dotsent, falsafa fanlari doktori (PhD)
O‘quv ishlari bo‘yicha mas’ul
Xaydarova Akida Xurram kizi, 1993yil 7 aprelda Toshkent shaxrida tug‘ilgan. O‘zbek, oliy ma’lumotli, partiya a’zosi emas. 2019 yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti, “Ijtimoiy fanlar” fakulteti, “Falsafa va fan metodologiyasi” magistratura yo‘nalishini imtiyozli diplom bilan tugatib, Toshkent Pediatriya tibbiyot instuti, “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini qurish nazariyasi va asoslari” kafedrasi kabinet mudiri lavozimida ish boshlagan.
2020 yil Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi assistenti lavozimida xozirgi kungacha faoliyat yuritmokda. Faoliyati davomida «O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati» fanidan mahorat bilan ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qiladi.
Falsafa, uning turli muammolari, virtual reallik kabi kator mavzularda 45 ga yakin ilmiy va ilmiy-ommabop makolalar chop etdi, 7 ta o‘quv dasturi xammuallifi bo‘ldi.

Saidova Jamila Aminovna
Assistent
Ma’naviyat-ma’rifat ishlari bo‘yicha mas’ul
Saidova Jamila Aminovna 1977-yil 31-martda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
1984 - 1994 yillar 17-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda o‘qigan
1994 - 1996 yillar MNPU Moskva filialida ekologiya va menejment fakultetida tahsil olgan
1996 - 2002 yillar UZGUML tarjimonlik fakultetida tahsil olgan
2002 yilda tarjimon-referent mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasini oldi
2001 - 2002 yillar ToshMI-1 da ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.
2002 - 2004 yillar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasida ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.
2004 - 2007 yillar “O‘zstandart” agentligida tarjimon bo‘lib ishlagan.
2007 - 2009 yillar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasida ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.
2009 - 2021 yillar ToshIUVda Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi assistent-ingliz tili o‘qituvchisi lavozimida ishlagan.
2022 yildan beri TXKMRMda ingliz tili o‘qituvchisi sifatida ishlab kelmoqda.
Faoliyati davomida mahalliy va xalqaro jurnallarda “Modern Methods of Teaching English English in Medicine” mavzusida bir qancha maqolalar chop etgan, tibbiy ingliz tilidan 5 ta o‘quv qo‘llanma va 2 ta qo‘llanma yozgan, tibbiy ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqqan.
2020-yil aprelidan beri JSST tavsiyalari va Covid-19 bo‘yicha xalqaro maqolalar tarjima qilingan.
Magistratura va doktoranturaga kirish imtihonlarida ingliz tili fani bo‘yicha imtihon qabul kommissiyasi a’zosi.
ToshVMOIda o‘tkaziladigan xalqaro konferensiya va seminarlarda xalqaro hamkasblari bilan shaxsan va onlayn tarzda ishtirok etadi va tarjimalarda yordam beradi.