TIBBIYOT XODIMLARINING KASBIY MALAKASINI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
ENDOKRINOLOGIYA KAFEDRASI
Birinchi bor O‘rta Osiyoda Endokrinologiya kafedrasi 1965 yilda professor Qayumov E.G. tomonidan tashkil qilingan. Professor Kayumov E.G. kafedraga 25 yil mobaynida (1965-1986y.) raxbarlik qilgan. Bu yillar davomida kafedrada 600dan ortiq yuqori mutaxassislashgan Respublika endokrinologlari tayyorlandi, kafedra viloyatlardagi endokrinologik dispanserlarni ochilishida faol qatnashdi, Uzbekiston Respublikasida qandli diabet epidemiologiyasi bo‘o‘yicha ilmiy ish o‘tkazdi.
1965 yilda professor Qayumov E.G. birinchi bor Toshkent shifokorlar
malakasini oshirish institutida Endokrinologiya kafedrasini tashkil Qilib, xayotining sunggi kunlariga Qadar bu kafedraga raxbarlik qilgan. Akademik To‘rakulov Y.X. bilan yaqin xamkorlikdagi harakatlari natijasida tireidologiya jadal rivojlangan. Uzbekistondagi yodtanqislik muammosi ko‘pi bilan bu ikki olimning birgalikda olib borgan xarakatlari natijasida hal bo‘lgan. Professor E.G. Qayumov ko‘rsatgan xizmatlari yuqori bahoga ega bo‘lib, unga «Xizmat kursatgan fan arbobi» unvoni berilgan.

1989 y. O‘zR FA qoshidagi Endokrinologiya ITI eksperimental laboratoriyasini boshlig‘i professor, t.f.d. Miraxmedov M.M. endokrinologiya kafedrasiga raxbar etib tayinlangan.

1991 yildan 2011 yilgacha kafedraga professor, t.f.d. Raximova D.Z.
raxbarlik qilgan. Raximova D.Z. 1992y. yuqori darajali shifokor malakasiga ega bo‘ldi. 2008y. Rossiya Akademiyasining Mediko-Texnik fanlari akademigi etib tayinlandi. Prof. Raximova D.Z. qo‘l ostida 20 yil mobaynida 6 mingdan ziyod shifokorlar o‘z malakalarini oshirishdi, 80dan ortiq klinik ordinatorlar tayyorlandi, 2ta nomzodlik dissertatsiyasi yoqlandi.

Prof. Raximova D.Z. – 200dan ortiq ilmiy nashrlar, maqolalar,
tezislar, 10 metodik qo‘llanma, 10 metodik tavsiyanoma, 5 monografiya avtori bo‘lib xisoblanadi. Raximova D.Z. ilmiy faoliyatining asosiy yo‘nalishi qandli diabetda yurak-qon tomir kasalliklarini o‘rganish bo‘lib xisoblandi. 2 tur qandli diabetni davolash va klinik kechishi, gipotireozda kamqonlikni davolash va tashxislash kabi masalalarga katta e’tibor qaratildi.
2011y. avgust oyidan kafedraga prof. Raximova G.N. raxbarlik
qilib kelmoqda.

Hozirgi kunda TXKMRM endokrinologiya kafedrasini rahbari prof.
Raximova G.N. qo‘l ostida 10 nomzodlik dissertatsiyalari himoyalangan, 6 mustaqil izlanuvchi va 2 tayanch doktorantlar tibbiyot fanlari nomzodligi himoyasiga, 2 izlanuvchi tibbiyot fanlari doktori darajasini yoqlashga tayyorlanmoqdalar.
Izlanishlar yo‘nalishi: oqsillarning nofermentativ glikirlanishi,
uziga xos diabetik mikroangiopatiyalar va yurak-qon tomir kasalliklari, 1 va 2 tur qandli diabet rivojlanish patogenezining genetik determinirlanganligi, 1 tur qandli diabet va orfan kasalliklar registrlari, tug‘ma buyrak usti bezi po‘stloq qismi disfunksiyasi, metabolik sindrom, o‘sish va pubertatning buzilishiga urg‘u bergan xolda bolalar endokrinologiyasi, orfan kasalliklar.
400 dan ortiq ilmiy nashrlari mavjud, 40 uslubiy tavsiyalar va qo‘llanmalar, 8 monografiyalar muallifi hisoblanadi.
1998 yildan EASD, 2000 yildan IDF, 2008 yildan ESPE xalqaro tashkilotlar a’zosidir.
Prof. Raximova G.N. boshchiligida «Bolalar endokrinologiyasi» va
«Operativ endokrinologiya» mutaxassiligi bo‘yicha ixtisoslashtirish sikllari dasturlari ishlab chiqildi va tadbiq etildi, MOODLE ta’lim tizimi joriy etilgan.
2005 yildan boshlab IDFdan «Insulin for life» va «Life for child» 2ta
xalqaro grantlar moderatori, 2010 yildan WDFdan «Uzbekistonda bolalar diabeti» xalqaro grantlar moderatori bo‘lib hisoblanadi. 2015 yildan bashlab ESPE ning Kavkaz va O‘rta Osiyo davlatlari bolalar endokrinologiyasi bo‘yicha maktabining xalqaro murabiyi hisoblanadi.
TXKMRM ilmiy Kengashining a’zosi, davolash fakulteti ilmiy
Kengashi a’zosi, RIIATEM Olimlar Kengashi a’zosi, TTA qoshidagi ixtisoslashtirilgan Kengash a’zosi, O‘zR SSV huzuridagi endokrinologiya bo‘yicha attestatsion komissiya a’zosi, “O‘zbekistonda diabet” ilmiy-ommabop jurnali tahririyat a’zosi, Jahon banki va JSST ning “Salomatlik-3” loyihasi konsultant-eksperti hisoblanadi. 2021 yilda “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” medali bilan taqdirlangan.
Turli yillarda kafedrada yurtimizning tibbiy ilmni
rivojlantirish borasida ish olib borganlar quyidagilar:

Sharafuddinova Lola Mirabidovna, tibbiyot fanlari nomzodi , dotsent

Alimova Gulshad Agzamovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent

Dmitriyeva YE.N., tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent

Muxamedov Tuxtamurad Muxamedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor

Umarov Turgun Tursunovich, assistent

Lutfullayev Fayzulla Lutfullayevich, assistent

Alixanova Nodira Mirshavkatovna, tibbiyot fanlari doktori assistent

Shorustamova Zulxumor Abdullayevna, assistent
“Endokrinologiya” kafedrasi tarkibi
Hozirgi vaqtda kafedrada ish olib bormoqdalar:

Xaydarova Ravshanxon Turgunovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Kafedrada 1998 yildan beri ishlaydi. Kafedraning o‘quv-uslubiy ishlari boshlig‘i. Bolalar endokrin kasalliklarining irsiy qirralari, ayollar reproduktiv kasalliklarining endokrinologik jihatlarini, ularni davolash va oldini olish usullarini o‘rganadi. TXKMRM ilmiy Kengashining taklif yetilgan a’zosi, davolash fakulteti ilmiy Kengashi a’zosi, ichki kasalliklar bo‘yicha muammoli komissiya a’zosi. 2020 yilda “Mehr Sahovat” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Djurayeva Aziza Shaxzadeyevna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent
Kafedrada 2011 yildan beri ishlaydi. Kafedraning ilmiy ishlariga mas’ul. Davolash fakulteti ilmiy Kengashi a’zosi. Ilmiy izlanishlari qandli diabet asoartalari va qalqonsimon bez xastaliklarini o‘rganish hisoblanadi. Dotsent Djurayeva A.Sh. rahbarligi ostida 1 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoyalangan

Axrorov Kamil Ubaydullayevich, assistent
Kafedrada 2018 yildan buyon ishlab kelmoqda. Yosh va istiqbolli xodim. U nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilish bo‘yicha “Optimizatsiya diagnostiki i lecheniya patsiyentov s saxarnim diabetom 2 tipa i xronicheskoy serdechnoy nedostatochnosti” ilmiy ish mavzusini tasdiqlagan. Kafedrada IT ishlari bo‘yicha ma’sul. 2020 yilda “Mehr Sahovat” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Narimova Gulchexra Djumaniyazovna, tibbiyot fanlari doktori, assistent.
Kafedrada 2020 yildan buyon ishlab kelmoqda. Akad. Turakulov Y.X. nomidagi RIIATEM katta ilmiy hodimi, «Qalqonsimon bez kasalliklari» bo‘limi boshlig‘i. Ilmiy yo‘nalishi neyroendokrinologik kasalliklar va ularning asoratlarini tashhsilash va davolashga qaratilgan. 2021 yilda “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” medali bilan taqdirlangan.

Alimdjanov Nusratjon Amildjanovich, tibbiyot fanlari nomzodi, assistent.
Kafedrada 2017 yildan beri faoliyat yuritadi. Akad. Turakulov Y.X. nomidagi RIIATEM «Endokrin jarrohlik» bo‘limi boshlig‘i. Kafedrada «Operativ endokrinologiya» siklida kursantlarga amaliy ko‘nikmalarni o‘qitish bo‘yicha ma’sul hisoblanadi. Alimdjanov N.A. ning ilmiy izlanishlar sohasi qalqonsimon va qalqon oldi bezlari xirugik kasalliklari, buyrak usti bezlari o‘smalari hisoblanadi.
Endokrinologiya kafedrasi hodimlari integral sikllar, shuningdek xalqaro sikllarni tashkillashtirish va o‘tkazishda faol ishtirok etadilar. Kafedra mudirining hatti-harakatlari ostida 2019 yil Qozog‘iston Respublikasida, 2022 yil Tojikiston Respublikasida sayyor sikllar o‘tkazildi.




Kafedrada xalqaro olimlar i izlanuvchilar tomonidan ko‘plab master-klasslar va sikllar tashkil etilgan.




Kafedra hodimlari markazning va jamiyatning ommaviy hayotida faol ishtirok etadilar.








Hozirgi kunda kafedrada samarali o‘quv jarayoni uchun barcha sharoitlar yaratilgan, elektron o‘quv materiallarini yaratish va saqlash va ularni o‘rganish ketma-ketligini belgilash imkonini beruvchi MOODLE ta’lim tizimi joriy etilgan. MOODLE dasturi shifokorlarga asosiy ish joyidan ajralmagan holda, qiyinchiliklarsiz o‘quv jarayonini maqbul va qulay tarzda yaratish imkonini beradi. Kafedraning klinik bazalarini jihozlash klinik ordinatorlar va tinglovchilarga kardiologiyani optimal o‘zlashtirishga imkon beradi. Kafedra kompyuter laboratoriyasi, keng sinf xonalari va multimedia uskunalari bilan jihozlangan ma’ruzalar zali bilan jihozlangan.
Kafedraning asbob uskunalar bilan ta’minlanganligi tinglovchilar va klinik ordinatorlar o‘quv jarayonini mukammal o‘rganish uchun yo‘naltirilgan. Kafedraning klinik bazalarida amaliy mashg‘ulotlar uchun aloxida xonalar, kutubxona va ma’ruza zallari mavjud, bular xammasi albatta kursantlar va kafedra xodimlari uchun o‘quv jarayonini optimallashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, sinf xonalarining jihozlanishi on line konferensiyalar va maslahatlashuvlar paytida hamkasblar bilan konferensiya chaqiruvlarida masofadan muloqot qilish imkonini beradi.
Kafedrada o‘quv dasturlarini tayyorlash talablariga muvofiq zamonaviy interaktiv texnologiyalar va amaliyotchi endokrinologlar, kardiologlar, oilaviy shifokorlar va tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari bilan boyitilmoqda. Har yili Butun Jaxon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti, Yevropa, Rossiya va O‘zbekiston endokrinologlarining jamiyatlari tomonidan tasdiqlangan tavsiyalar (standartlar) asosida o‘quv dasturlari va o‘quv qo‘llanmalari rejalarini tubdan qayta ko‘rib chiqish amalga oshiriladi, bu kafedraning o‘quv-pedagogik ishlarida o‘z aksini topadi. Har bir ma’ruza va amaliy dars uzluksiz diplomdan keyingi ta’lim sharoitida yangi zamonaviy tibbiy bilimlarni o‘zlashtirishning muhim sharti sifatida videomateriallar bilan jihozlangan.
O‘rganilgan materialni yaxshiroq o‘zlashtirishi uchun markaz klinikasi bo‘limlarida bemorlarni klinik tahlil qilish bilan professor-o‘qituvchilar tomonidan maslaxatlar tizimli ravishda o‘tkaziladi. Endokrinologiya kafedrasi xodimlari ilmiy-tadqiqot ishlarini faol olib bormoqdalar.
Kafedra xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil yetilgan, respublikamizning chekka hududlarida yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar, nogironlar uylari va og‘ir bemorlar uchun maktab-internatlarda jiddiy bemorlarni tekshirishga qaratilgan "salomatlik xaftaliklarda" faol ishtirok etib, ijtimoiy ish bilan faol shug‘ullanmoqdalar. Shuningdek sanaviatsiya tizimida faol ishtirok etib, viloyat va tumanlardagi og‘ir bemorlarning diagnostika va davolash ishlariga o‘z xissalarini qo‘shadilar.





Rasmda (chapdan o‘ngga): ass. Axrorov K.U., kafedra mudiri prof. Raximova G.N., dots. Djurayeva A.SH., dots. Xaydarova R.T.
Kafedra manzili: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi, 56. Akad. Y.X. Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy- amaliy tibbiy endokrinologiya markazi bazasida joylashgan.