Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Bo‘lim tarixi

Registrator ofisining paydo boʻlish tarixi
Registrator ofisi tushunchasi 19-asrning oxirida, aynan 1880-yillarda AQShda paydo boʻlgan. Xususan, bu tushuncha ilk bor Garvard Universitetida (Harvard University) qoʻllanila boshlangan. Oliy taʻlim tizimi 19-asrning ikkinchi yarmida, ayniqsa AQShda tez surʻatlar bilan rivojlana boshladi. Universitetlar soni va talabalar soni keskin oshishi, oʻz-oʻzidan talabalarning oʻquv jarayonini boshqarish va ularning akademik maʻlumotlarini yuritish uchun yangi tizimga ehtiyoj tugʻdirdi. Shuningdek oʻquv dasturlari yanada murakkablashib, talabalarning individual oʻquv rejalari va ularning baholarini yuritish qiyinlashdi.
Hujjat aylanishi: Talabalarga beriladigan hujjatlar (diplomlar, transkriptlar va boshqalar) soni ham koʻpaydi. Shu sababli, Garvard Universiteti bu muammolarni yechish uchun alohida bir boʻlimni tashkil qilishga qaror qildi. Ushbu boʻlim talabalarni roʻyxatga olish, ularning akademik yutuqlarini kuzatib borish va ularga rasmiy hujjatlarni berish kabi vazifalarni oʻz zimmasiga oldi. Keyinchalik, bu boʻlim “Registrarʻs Office” (Registrator Ofisi) deb nomlana boshlandi.
Bugunda Registrator ofisi koʻplab rivojlangan davlatlardagi oliygohlarda, shu jumladan AQSh, Kanada, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida keng tarqalgan. Oʻzbekistonda ham soʻnggi yillarda koʻplab oliy taʻlim muassasalarida, xususan: 
Prezident maktablari va Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida, Inha universiteti, Toshkent shahridagi Vestminster universiteti, Toshkent shahridagi Singapur menejmenti universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti va boshqa koʻplab oliygohlarda tashkil etilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ham.(JIDU)
Registrator ofisini tashkil etishdan koʻzlangan maqsadlardan biri oʻquv jarayoni va bilimlarni baholash jarayonini ajratish, shuningdek, talabalarni oraliq va yakuniy attestatsiyadan oʻtkazishdan iborat.