Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Kafedra tarixi

TVMOI rektorining 2017-yil 2-oktabrdagi 79-vn-sonli buyrug‘iga muvofiq, 2017-yil 29-sentabrdagi rektorat majlisi va institut ilmiy kengashining 2017-yil 25-oktabrdagi 261-sonli qarori asosida tibbiy-ijtimoiy ekspertiza kursi bilan neyroxiturgiya kafedrasi tashkil etilgan.

2019-yil noyabr oyida tibbiy-ijtimoiy ekspertiza kursi ajratilishidan so‘ng, neyrojarrohlik mustaqil kafedraga aylandi.

Neyrojarrohlik kafedrasining bazalari O‘zR Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika ihtisoslashtirilgan neyrojarrohlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (130 o‘rinli klinika) va «Nano Medical Clinic» ko‘p tarmoqli klinikasida 2023-yilgacha joylashgan edi.

2024-yil oktabr oyidan hozirgi kunga qadar neyrojarrohlik kafedrasining bazalari «NeurON Medical Center» xususiy klinikasi va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi (TXKMRM) huzuridagi ko‘p tarmoqli klinika hisoblanadi.

2017-yildan 2025-yil 30-noyabrgacha kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor Sh.M. Kariyev bo‘lgan.

2025-yil 1-dekabrdan to shu kunga qadar neyrojarrohlik kafedrasi mudiri lavozimida kafedra professori, tibbiyot fanlari doktori (DSc) Dilorom Subxonovna Murodova faoliyat yuritmoqda.

Kafedra xodimlari:

Kariyev Shuxrat Maratovich — t.f.d., professor

Alimov Ijod Rustamovich — t.f.d., kafedra dotsenti

Alixodjayeva Gulnaraxan Alautdinovna — t.f.d., professor

Xazratkulov Rustam Bafoyevich — t.f.d., kafedra professori

Xamrakulov Bekzod Baxodirovich — t.f.n., kafedra assistenti

Ibragimov Akobir Ismailovich — t.f.n., kafedra assistenti

Abdullayev Nabi Kuldashevich — kafedra assistenti, o‘quv ishlari bo‘yicha ma’sul.

Ten Vladimir Denisovich — xona mudiri

Kafedrada 2 ta nomzodlik, 3 ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilingan. Hozirda 3 ta nomzodlik ilmiy ishi himoyaga tayyorlanmoqda.