Kafedra tarixi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 apreldagi “Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 174-sonli qaroriga asosan, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab, oliy hamshiralik ishi mutaxassislarni malakasini oshirish maksadida “Oliy ma’lumotli tibbiyot hamshiralari” kafedrasi tashkil etildi. Kafedraga tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent R.K.Salixodjaeva 2017 yildan shu kunga qadar raxbarlik qilib kelmoqda.
Bugungi kunda kafedra xodimlari tomonidan 100 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan, o‘quv uslubiy, amaliy qo‘llpanma va tavsiyanomalar ishlab chiqilgan. JSST, YUNISEF, GIZ kabi xalqaro tashkilotlar qo‘shma ta’lim faoliyatida kafedraning doimiy xamkori hisoblanadi.
Maqsad: Oliy ma’lumotli hamshira va doyalar, bosh va katta hamshiralar malakasini oshirishni yo‘lga qo‘yish. Nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini yangilashdan iborat.
Qadriyatimiz:
- insonlar salomatligiga g‘amxo‘rlik
- yuqori salohiyat (ilm, ta’lim, davolash, boshqarish)
- ustozlarni ardoqlash
- shaffoflik (jamiyatga nisbatan ochiqlik, yangiliklarga ochiqlik, qaror qabul qilish jarayonining ochiqligi)
- milliy an’analar
- jamoaviylik
Ta’lim dasturlari maqsadi: Oliy ma’lumotli, bosh, katta hamshira va doyalarning nazariy va amaliy bilimlarini chuqurlashtirish va yangilash. Ularga hamshiralik ishining moxiyati, uning sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘ziga xosligi, normativ- xuquqiy hujjatlar bilan ishlash, kasbiy majburiyatlarni amalga oshirishda asosiy iqtisodiy va huquqiy bilimlarini ish jarayonida qo‘llash, aholiga sifatli hamshiralik yordamini ko‘rsatish, aholi salomatligini baholashda son va sifat ko‘rsatkichlaridan foydalangan holda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.