Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Kafedra bugun

To'liq ismi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi:

KOMILOV XOLIDJON MAXAMADJANOVICH

O‘zbekiston Qahramoni, tibbiyot fanlari doktori, professor

ORCID: 0000-0002-7250-8159 Akademik ta'lim:

1968 yil Toshkent davlat tibbiyot institutini bitirgan.

Ilmiy ishlari: Ilmiy o'zini o'zi boshqarish va qo'shimcha malaka oshirishlar:

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi qoshidagi Ilmiy-tibbiyot Kengash a’zosi. Respublika oftalmologlari ilmiy jamiyatining Raisi, TXKMRM olimlar va jarroxlik fakulteti kengashlari, ilmiy va muammolar kengashlarining a’zosi. Rossiya Federatsiyasi Tibbiy-texnik fanlar akademiyasining akademigi, Qirg‘iziston Respublikasi Aytmatov akademiyasining faxriy akademigi

Professional tajriba:

RKKKSH barcha bo’limlarida konsultant shifokor

Ishning asosiy yo'nalishlari:

oftalmologiya

To'liq ismi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi:

QOSIMOVA MUNIRAXON SODIQJONOVNA

Tibbiyot fanlari doktori, professor.

TXKMRM o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari.

ORCID: 0000-0002-2883-3923 Akademik ta'lim:

1990 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini, 1998 yilda davlat tilshunoslik universitetini bitirgan.

Ilmiy ishlari:

2009 yilda «Ko‘ruv nervi ishemik neyropatiyasini kompleks tashxislash va davolash» doktorlik dissertatsiyasini yakunlab, tibbiyot fanlari doktori unvoniga ega bo‘ldi.

Ilmiy o'zini o'zi boshqarish va qo'shimcha malaka oshirishlar:

Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.06/2025.27.12.Tib.12.01 raqamli Ilmiy Kengash a’zosi. Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Olimlar Kengashi, jarrohlik fakulteti muammolar kengashining a’zosi, MTUK kengashining raisi.

Professional tajriba:

RKKKSH barcha bo’limlarida konsultant shifokor

Ishning asosiy yo'nalishlari:

Oftalmologiya, neyrooftalmologiya

To'liq ismi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi:

NORMATOVA NARGIZA MIRSHOVKATOVNA

Tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.

ORCID: 0009-0008-0158-5529 Akademik ta'lim:

1988 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini bakalavrni va 1991-1993 yy. – Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti “Oftalmologiya” kafedrasi klinik ordinatori.

Ilmiy ishlari:

1998 yilda Toshkent Davlat Birinchi Tibbiyot Institutining xuzuridagi D.087.01.02 Ixtisoslashgan Kengashda «Кукумазим в лечении помутнений оптических сред глаза» mavzusida 14.00.08 – «Ko‘z kasalliklari» ixtisosligi bo‘yicha  nomzodlik dissertatsiyasini ximoya kilgan.

2021 yil Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01 raqamli Ilmiy kengashda “Diabetik retinopatiyani erta tashxislash, davolash va oldini olishni takomillashtirish” mavzusida 14.00.08 – «Ko‘z kasalliklari» ixtisosligi bo‘yicha tibbiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini ximoya kilgan.

2001 yildan xozirgi vaktgacha  “Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish   markazi”oftalmologiya kafedrasini  dotsenti bo‘lib ishlab kelayapti.

Normatova N.M. raxbarligida Samarkand davlat universiteti xuzuridagi DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02 rakamli ilmiy kengashga 14.00.08 - Oftalmologiya Ilmiy mutaxassislik kodi bilan Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ilmiy izlanuvchi:

Xamidullaev F.F. «Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda makulyar shishni davolashda angiogenez ingibitorlarining ta’siri va samaradorligini baholash» Dissertatsiyani 2025 yil yanvar oyida himoya kildi (Diplom №016754).

Yusupova M.D. "Diabetik makula shishining jiddiy asoratlarini oldini olish uchun dastlabki bosqichini davolashni takomillashtirish” dissertatsiya himoyaga tayyorlanyapti (ilmiy seminardan 14 fevral 2026 utib,  OAK xujjat taqdim qilmoqda).

Ilmiy o'zini o'zi boshqarish va qo'shimcha malaka oshirishlar:

2005 yildan Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi jarrohlik fakulteti muammolar kengashining a’zosi.

2024 yildan Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.06/2025.27.12.Tib.17.02 raqamli Ilmiy kengash a’zosi va 2026 yildan Ilmiy Seminar a’zosi.

Professional tajriba:

Normatova N.M. tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent va xalqaro miqyosda tan olingan asosiy fikr yetakchisi bo'lib, klinik amaliyot, ilmiy tadqiqotlar va tibbiy ta'lim sohalarida 35 yildan ortiq tajribaga ega. Ilg'or ma'ruzalar va amaliy klinik treninglar o'tkazish, Milliy sog'liqni saqlash ta'limi standartlariga hissa qo'shgan.

Ishning asosiy yo'nalishlari:

Isbotlangan tajribaga ega bo'lib, klinik tushunchalar yaratadi va oftalmologiyada, ayniqsa retinal kasalliklar va diabetik retinopatiya  asoratlari sohasida xalqaro standartlarga hissa qo'shadi va global maslahat kengashlarida faol ishtirok etadi, strategik muhokamalar, tibbiy ta'lim va dalillarga asoslangan amaliyotni rivojlantirishga muhim hissa qo'shadi.

To'liq ismi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi:

BOBOXONOVA DILOROM MUXITDINOVNA

Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.

ORCID: 0000-0002-0242-1429 Akademik ta'lim:

1982 yilda O‘rta Osiyo tibbiyot pediatriya institutini davolash ishi mutaxassisligini bo‘yicha imtiyozli diplom bilan bitirgan.

Ilmiy ishlari:

Tibbiyot fanlari nomzodligi dissertatsiyasini «Gipermetropik ambliopiyani davolashini takomillashtirish» mavzusida ximoya qilgan.

Ilmiy o'zini o'zi boshqarish va qo'shimcha malaka oshirishlar:

A’zoligi yo’q.

Professional tajriba:

RKKKSH barcha bo’limlarida konsultant shifokor

Ishning asosiy yo'nalishlari:

oftalmologiya

To'liq ismi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi:

XAKIMOVA ZULXUMOR KARIMOVNA

Tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.

ORCID: 0000-0002-7428-8882 Akademik ta'lim:

1991 yilda Andijon davlat tibbiyot institutini bitirgan.

Ilmiy ishlari:

2000 yili “Ko‘z olmasini yordamchi apparati kasalliklarini kompleks davolashda RLAT usullarini qo‘llash” mavzusida professor X.M.Komilov raxbarligida fan nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qilgan.

2023 yilda “O‘zbekiston sharoitida uzoq umr ko‘ruvchilarda ko‘rish a’zosi kasalliklarining epidemiologiyasi, xavf omillari va profilaktikasini innovatsion jixatlari” mavzusida fan doktorlik dissertatsiyasini ximoya qilgan

Ilmiy o'zini o'zi boshqarish va qo'shimcha malaka oshirishlar:

“Jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlash boshqaruvida xalqaro amaliyotlar” nomli 36 kreditli kursni muvaffaqiyatli tamomlagan. Ushbu kurs 306 kreditli “1.26.01 – Jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlash boshqaruvi” mutaxassisligi boʻyicha Boshlangʻich ixtisoslashuv dasturi doirasida oʻtilgan.

Muddat: 2025-yil 6-yanvar – 2025-yil 10-yanvar

Professional tajriba:

RKKKSH barcha bo’limlarida konsultant shifokor

Ishning asosiy yo'nalishlari:

Oftalmologiya, limfologiya, profilaktik tibbiyot.

To'liq ismi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi:

MAKSUDOVA LAYLO MASXUTOVNA

Tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.

ORCID: 0000-0002-4768-0520 Akademik ta'lim:

2002 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini bakalavrni va 2005 yilda «Ko‘z kasalliklari» kafedrasida magistraturani bitirgan.

Ilmiy ishlari:

2017 yilda «Ko‘z a’zosining kuyishi bo‘lgan bemorlarni olib borishga zamonaviy yondashuv (klinik-eksperimental tadqiqot)» mavzusida dissertatsiyasini himoya qilib tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasiga muvaffaq bo‘ldi. 2021 yilda «Ko‘zning ishqoriy kuyishida diagnostika, davolash, profilaktika va bashorat qilinishiga kompleks yondashuv» bo‘yicha doktorlik ishini muddatidan avval yakunlab, tibbiyot fanlari doktori (DSc) unvoniga ega bo‘ldi. 06.11.2025 yilda “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni (№2652) bilan taqdirlandi.

Ilmiy o'zini o'zi boshqarish va qo'shimcha malaka oshirishlar:

Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.06/2025.27.12.Tib.12.01 raqamli Ilmiy Kengash va  Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.06/2025.27.12.Tib.17.02 raqamli Ilmiy Seminar a’zosi.

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi jarrohlik fakulteti muammolar kengashining, MTUK kengashining a’zosi.

2026 yilda Germaniyaning Myunxen, Dessau va Grefenxaynixen shaharlarida kasbiy  malakasini oshirdi.

Professional tajriba:

RKOSh barcha bo‘limlarida konsultant shifokor.

Ishning asosiy yo'nalishlari:

Oftalmologiya

To'liq ismi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi:

ABDULLAEV ShERZOD RAXMATOVICh

Tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.

ORCID: 0000-0002-0515-1794 Akademik ta'lim:

2005 yilda ToshPMIni bitirgan.

Ilmiy ishlari:

Ilmiy izlanish ishlarini «Ko‘z zamburug‘li kasalliklarining etiopatogenezi, klinikasi, tashxisi va davolash» mavzusida dissertatsiyasini yoqlab tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasiga muvaffaq bo‘ldi. 2024 yil sentabr oyida “Oftalmorozaseaning klinik-immunogenetik va biokimyoviy xususiyatlari hamda ularni korreksiyalash usullari” mavzusida doktorlik ishini ximoya qildi.

Ilmiy o'zini o'zi boshqarish va qo'shimcha malaka oshirishlar:

-

Professional tajriba:

RKKKSH barcha bo’limlarida konsultant shifokor

Ishning asosiy yo'nalishlari:

Oftalmologiya

To'liq ismi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi:

XAMRAEVA GAVXAR XUSANOVNA

Tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.

ORCID: 0000-0002-9375-5482 Akademik ta'lim:

2006 yilda Toshkent tibbiyot Akademiyasi bakalavrini va 2010 yilda «Ko‘z kasalliklari» kafedrasida magistraturani bitirgan

Ilmiy ishlari:

2017 yilda «Ko‘ruv nervi yallig‘lanish kasalliklarining klinik-tashxisiy xususiyatlari va kompleks davolashni asoslash» mavzusida dissertatsiyasini yoqlab tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori darajasiga,  2021 yilda «Devik optikomieliti va tarqoq sklerozda ko‘rish a’zosi o‘zgarishlarining klinik-diagnostik asoslari va ularni davolash» mavzusida dissertatsiyasini yoqlab tibbiyot fanlari doktori (DSc) darajasiga muvaffaq bo‘ldi.

Ilmiy o'zini o'zi boshqarish va qo'shimcha malaka oshirishlar:

Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.06/2025.27.12.Tib.12.01 raqamli Ilmiy Kengash a’zosi.

Professional tajriba:

RKKKSH barcha bo’limlarida konsultant shifokor

Ishning asosiy yo'nalishlari:

Oftalmologiya, neyrooftalmologiya

To'liq ismi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi:

XUDOYBERGANOV AZIZBEK RO‘ZIBAYEVICH

Tayanch doktorant, kabinet mudiri

ORCID: 0000-0002-7594-7317 Akademik ta'lim:

2014 yilda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi davolash ishi fakultetini va 2017 yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti «Oftalmologiya» kafedrasida klinik ordinaturani tugatgan.

Ilmiy ishlari:

2025 yilda “Ko‘ruv a’zosi jarohatlari profilaktikasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qilib tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan.

Ilmiy o'zini o'zi boshqarish va qo'shimcha malaka oshirishlar:

A’zoligi yo’q.

Professional tajriba:

RKKKSh barcha bo‘limlarida konsultant shifokor

Ishning asosiy yo'nalishlari:

Oftalmologiya