Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

TXKMRM “Jamoat salomatligi va sog`liqni saqlashni boshqarish” kafedrasini oliy tibbiy ta`lim muassasalari bilan xamkorligi yo`nalishlari

30 Apr 2026

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazini “Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish” kafedrasi  boshqaruv xodimlarini uzluksiz kasbiy ta’limini takomillashtirish bo‘yicha xududiy sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari va oliy tibbiy ta’lim muassasalari bilan tizimli tartibda xamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

2026 yil 28 aprelda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markaziga Qozog‘iston respublikasining Alikhan Bokeikhan University ko‘p tarmoqli nodavlat va notijorat ta’lim muassasasining diplomdan keyingi ta’lim oliy maktabi dekani,  PhD Muslimkыzы Liliya O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi hamda mazkur universitet o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasida tashrif buyurdi.

“Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish” kafedrasida  professor D.A.Asadov, dotsent V.A.Xakimovlar tomonidan  Muslimkыzы Liliya bilan o‘tkazilgan muzokarda quyidagi masalalarga urg‘u berildi:

-O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi va Alikhan Bokeikhan University (Qozog‘iston Respublikasi, Semipalatinsk shahri) o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari;

-Hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv loyihasini muhokamasi;

-TXKMRMning “Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish” kafedrasining Alikhan Bokeikhan University magistratura dasturi (MBA)ni amalga oshirishda ishtirok etish mexanizmlari tahlili.

So‘ngra,  Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktori professor X.A.Akilov raisligida xamkorlikning keyingi  yo‘nalishlari tahlili o‘tkazildi.

Jumladan,

-xamkorlik kelishuvining yakuniy matni ishlab chiqildi va tasdiqlandi;

-joriy yilning may-iyun oylarida sinov ko‘rinishida Alikhan Bokeikhan University da  7M04109-Sog‘liqni saqlashda biznes boshqaruvi (MBA)  ixtisosligi bo‘yicha ta’lim olayotgan       birinchi guruh magistrlarga  Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazini “Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish” kafedrasi xodimlari tomonidan  “Sog‘liqni saqlashni boshqarish va jamoat sog‘lig‘ini saqlash” moduli bo‘yicha gibrid tartibda mashg‘ulotlar o‘tishi belgilandi;

-xamkorlikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, natijalarini chop etish va amaliyotgan tatbiq etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Xamkor bo‘yicha ma’lumot:

Alikhan Bokeikhan University 1998 yili tashkil etilgan, ko‘p tarmoqli nodavlat va notijorat ta’lim muassasasi. Universitet bakalavriat, magistratura va PhD doktoranturasi bo‘yicha 50 dan ortiq ta’lim dasturlarini taklif etadi.

Muassasa Universitetlarning Buyuk Xartiyasi (2010 yildan, Bolonya, Italiya), Osiyo universitetlari assotsiatsiyasi (2012 yildan) hamda Janubiy va Sharqiy Yevropa va Qora dengiz mintaqasi iqtisodiy universitetlari assotsiatsiyasi (ASECU, 2019 yildan) a’zosidir. Talabalar va o‘qituvchilar mobilligini, qo‘shma ta’lim dasturlari va tadqiqot loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida universitet tomonidan 100 dan ortiq xalqaro sheriklik shartnomalari imzolangan.