Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

"Ilmiy kengashda e`tirof, xotira va ilm-fan uyg`unligi"

21 May 2026

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Toshkent                                   20.05.2026

 

2026-yil 20-may kuni Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida navbatdagi Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni markaz direktori, professor Xabibulla Ataullayevich Akilov ochib berib, o‘z nutqida markazda ilm-fan, ta’lim va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy salohiyatni yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Ilmiy kengash davomida sog‘liqni saqlash tizimida ko‘p yillik samarali mehnati, tibbiyot ilmi va yosh mutaxassislarni tarbiyalashdagi munosib hissasi uchun “Oftalmologiya” kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor O‘zbekiston Qahramoni Komilov Xolidjon Maxamadjanovich “Eng ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Mazkur mukofot Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari E.E. Basitxanova tomonidan tantanali ravishda topshirildi. Taqdirlash marosimi yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan iliq kutib olinib, ustozga samimiy ehtirom va qizg‘in olqishlar bildirildi.

Shundan so‘ng, 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Ilmiy kengashning ilmiy kotibasi, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Gulyamova Maktuba Kamalovna tomonidan markaz ravnaqi va tibbiyot sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shgan, uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan marhum ustozlar xotirasiga bag‘ishlangan she’riy-prezentatsion taqdimot namoyish etildi.

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, dastlab markazda joriy yilda amalga oshirilgan ilmiy ishlar rejasining bajarilish holati hamda kelgusi yilga mo‘ljallangan ilmiy va innovatsion tadbirlar yuzasidan Markaz ilmiy ishlari va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Nasirova Umida Feruzovna tomonidan batafsil hisobot taqdim etildi. Hisobot davomida markazda olib borilgan ilmiy izlanishlar, innovatsion loyihalar, xalqaro hamkorlik aloqalari va ilmiy salohiyatni yanada oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta’kidlandi.

Shundan so‘ng Uzluksiz kasbiy ta’lim jarayonini monitoring qilish va sifatini baholash bo‘limining joriy yildagi faoliyati yuzasidan bo‘lim boshlig‘i, dotsent Salixodjayeva Rixsi Kamilovna hisobot berdi. Ma’ruzada ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonlarini monitoring qilish, tinglovchilar bilimini baholash tizimini takomillashtirish hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala sifatida Ixtisoslashgan kengash faoliyati muhokama qilinib, kengash kotibasi, tibbiyot fanlari doktori, professor Ubaydullayeva Naima Nabixanovna tomonidan yillik hisobot taqdim etildi. Unda ilmiy dissertatsiyalar himoyasi, ilmiy kengash faoliyati samaradorligi va ilmiy darajaga talabgor izlanuvchilar bilan olib borilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi.

Shuningdek, klinik ordinatura dekani, tibbiyot fanlari doktori Primov Farhod Sharifjanovich hisobot bilan so‘zga chiqdi. Hisobotda yoshlarning ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda turli loyihalar va tadbirlarga keng jalb etish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilish yakunida turli masalalar ko‘rib chiqilib, markaz faoliyatini yanada rivojlantirish, ilmiy va ta’lim jarayonlari samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi. Tadbir davomida barcha yo‘nalishlarda tizimli va samarali faoliyatni davom ettirish muhim ekani alohida qayd etildi.

 

Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi:                                   M.B.Mustafoyeva