Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Sog`lom ma`naviyat — taraqqiyot poydevori

15 May 2026

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Toshkent                                     14.05.2026

 

Joriy yilning 14-may kuni Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi “SHIFOKOR” MTYOda Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda “Tibbiy profilaktika” fakulteti hamkorligida “Kecha va bugun: Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy, badiiy va musiqiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi Yangi O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, milliy qadriyatlar, vatanparvarlik tuyg‘ulari hamda yoshlar ongida ma’naviy immunitetni mustahkamlashga qaratildi.

Tadbirni “Tibbiy profilaktika” fakulteti dekani, professor Iskandarova Gulnoza To‘lkinovna kirish so‘zi bilan ochib berib, bugungi kunda mamlakatimizda inson qadri, ma’naviyat va ma’rifatga berilayotgan yuksak e’tibor, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng Markazning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi bosh mutaxassisi Qodirov Dilmurod Alimxon o‘g‘li tomonidan “Sog‘liqni saqlash tizimida xalqaro tajriba asosida korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida mazmunli va qiziqarli prezentatsion ma’ruza taqdim etildi. Ma’ruzada korrupsiyaning oldini olish, tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, rivojlangan davlatlar tajribasi hamda sohada korrupsiyaga qarshi madaniyatni shakllantirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr yuritildi. Tadbir ishtirokchilari mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Tadbirning badiiy qismi ham ko‘tarinki ruhda davom etdi. Tadbir so‘ngida xushovoz xonanda, Chilonzor madaniyat uyi rahbari Shavkat Ashurov tomonidan ijro etilgan dilbar kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga yuqori kayfiyat ulashib, tadbirga o‘zgacha ruh va fayz bag‘ishladi.

Mazkur tadbir kursant tinglovchi hamda klinik ordinatorlarning yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini yanada mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy bilimlarni boyitish hamda jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni qaror toptirishga xizmat qildi.