Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Markazda navbatdagi Olimlar kengashi majlisi bo`lib o`tdi

01 May 2026

Tibbiyot xodimlаrining kаsbiy mаlаkаsini rivojlаntirish mаrkаzi

Mа'nаviyat vа mа'rifаt boʼlimi

Toshkent sh.                            29.04.2026

2026-yil 29-aprel kuni Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida navbatdagi Olimlar kengashi majlisi yuqori saviyada tashkil etilib o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishni markaz direktori, professor X.A. Akilov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida kengash a’zolarini yaqinlashib kelayotgan 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etib, Vatan ozodligi va tinchligi yo‘lida jon fido qilgan, urush maydonlarida mardonavor kurashgan qahramonlarning jasorati va matonati haqida iliq fikrlarini bildirdi. Shuningdek, ularning xotirasini e’zozlash har bir avlodning muqaddas burchi ekanini alohida ta’kidladi.

Kengash majlisi belgilangan kun tartibiga muvofiq davom ettirildi. Dastlab, 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan “Vatan fidoiy farzandlarini unutmaydi” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi tomonidan tayyorlangan ma’ruza tinglandi. Unda tarixiy xotiraning ahamiyati, ajdodlar jasoratini yod etish va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari keng yoritib berildi.

Shundan so‘ng Tibbiy profilaktika fakultetida amalga oshirilayotgan o‘quv-uslubiy, ilmiy va davolash ishlari yuzasidan fakultet dekani, professor G.T. Iskandarova hisobot berdi. Hisobot davomida fakultetda ta’lim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va amaliy tibbiy xizmatni takomillashtirish borasida erishilgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Navbatdagi masala sifatida Menejment, ijtimoiy va birlamchi sog‘liqni saqlash fakulteti faoliyati yuzasidan fakultet dekani, professor B.A. Magrupov hisobot taqdim etdi. U o‘z chiqishida fakultetda olib borilayotgan islohotlar, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda sog‘liqni saqlash tizimi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash borasidagi ishlarni alohida ta’kidlab o‘tdi.

Kun tartibidagi yana bir muhim masala — Markaz klinik bazasining faoliyati bo‘lib, bu borada markazning davolash ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari S.R. Matkarimov hisobot berdi. Hisobotda klinik bazada ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, bemorlarga yaratilgan sharoitlar hamda davolash jarayonida ilg‘or usullarni qo‘llash natijalari haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida turli tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, lavozimlar va ilmiy unvonlarga tanlov masalalari muhokama qilindi, Olimlar kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar bildirildi hamda bir qator uslubiy hujjatlar tasdiqlandi.

Majlis yakunida markaz rivojiga katta hissa qo‘shgan, ko‘p yillar davomida fidokorona mehnat qilib, tibbiyot sohasi taraqqiyotiga munosib ulush qo‘shgan bir guruh professor-o‘qituvchilar tantanali ravishda taqdirlandi. Ularga ko‘krak nishonlari topshirilib, ularning samarali faoliyati va kasbiy yutuqlari alohida e’tirof etildi. Mazkur e’tirof nafaqat ustozlar mehnatining qadrlanishi, balki yosh mutaxassislar uchun ham ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladi.

 

Ma’naviyat va ma’rifat  bo’limi boshlig’i                   M.B.Mustafoyeva