Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
Ilmiy-amaliy seminar
Toshkent 18.04.2024
Joriy yil 18 aprel kuni Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Ultratovush diagnostikasi-1 kafedrasi tomonidan “MINDRAY” kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy dilleri “Intermed Innovation” MCHJ hamda Rossiya diplomdan keyingi uzluksiz tibbiy ta’lim akademiyasi bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Ilmiy-amaliy seminarni “MINDRAY” kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy dilleri “Intermed Innovation” MCHJ direktori O.L.Jivetin, Rossiya diplomdan keyingi uzluksiz tibbiy ta’lim akademiyasi Ultratovush diagnostikasi kafedrasi mudiri, professor V.V.Mitkov hamda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Ultratovush diagnostikasi-1 kafedrasi professori A.A.Fazilovlar kirish so‘zlari bilan ochib berdi.
Seminar davomida xorijiy mutaxassislar tomonidan gepatologiyada hamda uronefrologiyada ultratovush diagnostikasining dolzarb masalalari bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi hamda Hepatus texnologiyasida jigar elastografiyasi bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.