Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Toshkent 12.09.2024
Bugun Markazimizda klinik ordinatorlarning bitiruv kechasi boʼlib oʼtdi. Kirish soʼzi xamda samimiy tabriklari bilan markaz direktori, akademik X.А.Аkilov soʼzga chiqdi. Bitiruvchilarni tabriklab, Tibbiy radiologiya kafedrasi mudiri, Sport ishlari vaziri, Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan sogʼliqni saqlash xodimi А.I.Ilxamov, Oʼzbekiston Qaxramoni, Oftalmologiya kafedrasi mudiri X.M.Kamilov, Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan murabbiy T.M.Qilichev, ”Parij-2024” Olimpiadasi oltin medal sohiblari B.I.Jalolov, M.Q.Аxmadalievlarning tabriklari oʼzgacha boʼldi.
Tadbirning musiqiy bloki ishtirokchilari Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan artistlar, “Shuxrat” medali sohiblari Аbdurashid Yoʼldoshev, Nargis, Dilnoza Kubaevalarning musiqiy chiqishlari bayramona kayfiyat ulashdi. Shu bilan bir qatorda Oʼquv ishlari boʼyicha direktor muovini, professor M.S.Kasimova hamda klinik ordinatura dekani dotsent Sh.F.Primovlar oʼzlarining samimiy tabriklarini yetkazdilar va xalq salomatligi yoʼlidagi faoliyatlarida ishonch bildirib “Oq yoʼl” tiladilar.