Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

“Tibbiyot istiqbolining asl bunyodkori”

20 Mar 2024

“Tibbiyot istiqbolining asl bunyodkori”

 

Jamiyatimiz hayotiga daxldorlik hissi bilan yashash, yetuk shifokor olim va mutaxassis bo‘lish bilan birga, ma’naviy dunyosi shakllangan, komil inson, tibbiyot sohasining yirik vakili - O‘zbekistonda pulmonologiya faniga asos solgan va bu borada ilmiy maktabini hamda pulmonologiya xizmatini tashkil etgan atoqli alloma, yuksak fazilat egasi Akademik Abdulla Ubaydullaev bugun 20 mart sanasida  90 yoshni qarshilamoqda. Shu munosabat Markaz Anjumanlar zalida  Ustoz hayotiga bag‘ishlangan “Tibbiyot istiqbolining asl bunyodkori” mavzuida ma’naviy- ma’rifiy- badiiy tabdir bo‘lib o‘tdi. Shu munosabat bilan tabdirni ochib berish hamda Ustozni tabriklash uchun Sog‘liqni saqlash vaziri A.A.Xudayarov tashrif buyurdi.

Salobatli olimning tibbiyotdagi ulug‘ xizmatlari, fidoyilik va ilm mashaqqatlari bilan kechgan faoliyati xamda xayoti kelgusi avloddar uchun ibrat maktabidir. Ustozni tabriklab ko‘plab tashkilotlar rahbarlari, shogirdlari shu bilan birga xalqaro xamdo‘stlik davlatlari onlayn tabriklari xam tadbirga o‘zgacha shukux bag‘ishladi.

Tibbiyot istiqbolining asl  bunyodkori - Abdulla Ubaydullaevni tabriklash uchun tashrif buyurgan afsonaviy san’atkor, ”Yalla” ansambli asoschisi, 8 davlatlar xalq artisti Farrux Zokirov, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Jenisbek Piyazov,  O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan retro san’atkor Kozim Kayumov, hamda “Matin” guruhining chiqishlari bayramga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.