Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Xamrabaeva Feruza Ibragimovna

Xamrabaeva Feruza Ibragimovna
Tibbiyot fanlari doktori, professor, kafedra mudirasi

XAMRABAEVA FERUZA IBRAGIMOVNA

Tibbiyot fanlari doktori, professor

1962 yilda tug’ilgan, o’zbek.

        1979 yilda umumiy o’rta ta’lim maktabini a’lo baholarga tamomlab, Toshkent Davlat Tibbiyot institutining davolash fakultetiga o’qishga kirgan. 1986 yili, institutni tamomlaganidan keyin, «O’zbekqishloqmash» TSQ da uchastka terapevt shifokori vazifasida, 1988 yildan esa, Toshkent shahri Xamza tumani sog’liqni saqlash bo’limining №15 poliklinikasining terapiya bo’limi mudiri lavozimida ishlagan.

          1989 yildan 2005 yilgacha, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Tibbiy reabilitatsiya va Fizioterapiya ITI Gastroenterologiya bo’limida, avval kichik, keyinchalik katta ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan.

        Surunkali pankreatit bilan kasallangan bemorlarning patogenetik davosini ishlab chiqish bo’yicha ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etgan, bu ishlarning natijalari, 1994 yilda 14.00.34 – fizioterapiya ixtisosligi bo’yicha tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun muddatidan avval yakunlangan “Surunkali pankreatit bilan kasallangan bemorlarni fizioterapiya usullar bilan reabilitatsiya qilish taktikasi” mavzusidagi dissertatsiya ishining asosiga kirgan. Shuningdek, 2000-2002 yillarda FTDQning dasturi bo’yicha bajarilgan, ichki a’zolari va asab tizimi kasalliklari bor bemorlarda, tabiiy va preformatsiyalangan jismoniy omillarni qo’llab davolashning yangi reabilitatsion usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish bo’yicha “Xoletsistektomiyani o’tkazgan xolestatik gepatitli bemorlarni davolashning reabilitatsion usullarini ishlab chiqish” ilmiy tadqiqot ishlarida ishtirok etgan. Ishlab chiqishlar bir qismining natijalari, 14.00.05 – ichki kasalliklar ixtisosligi bo’yicha tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Oshqozon yarasi kasalligi patogenezida vegetativ buzilishlar va biokimyoviy balansning roli va davolashni optimallashtirish yo’llari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasining asosiga kirdi, hozirgi vaqtda, FTDQ ning 2006-2008 yillarga mo’ljallangan dasturi bo’yicha K2.40.4.3 “Yo’g’on ichakning eroziv-yarali, yallig’lanish va funktsional kasalliklari bilan og’rigan bemorlarni, ichakning immun-yallig’lanish, gistokimyoviy ko’rsatkichlari va mikrobiotsenozini hisobga olgan holda reabilitatsiya qilishning yangi usullarini ishlab chiqish va optimallashtirish” loyihasining rahbari. SHuningdek, «Yallig’langan ichak sindromida (SRK) klinik-endoskopik va immunomorfologik tekshiruvlar (Patogenetik va terapevtik tomonlari)» mavzusidagi dissertatsiya ishiga rahbarlik qilmoqda. Mutaxassis sifatida, mualliflik patentlarida aks ettirilgan surunkali ikkilamchi pankreatit va oshqozon yarasi kasalligiga chalingan bemorlarni dori vositalarisiz va kombinatsiyalangan davolashning o’ziga xos usullarini yaratgan.

      F.I.Xamrabaeva tomonidan 6 o’quv dasturlari, 80 dan ortiq ilmiy ishlar, 12 uslubiy ko’rsatmalar, 6 axborot xatlari nashr etilgan, 2 ta ixtiro patentlari  chop etilgan. Mehnat faoliyati davomida, o’zini tarbiyali, bilimdon va istiqbolli ilmiy xodim sifatida namoyon qildi. Xodimlar va bemorlar orasida katta hurmatga sazovor.

     MDH davlatlari va chet elllardagi terapevtik va gastroenterologik s’ezdlarning doimiy tizimli ishtirokchisidir.

Xarakterining hususiyatlari: haqgo’ylik, sotilmaslik, olijanoblik, mehnatkashlik, insoflilik.

Turmushga chiqqan. Ikki nafar farzandi bor.

Qisqacha ish faoliyatida erishgan yutuqlari.

     Ilmiy darajasi va unvoni: Tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya  ishining mavzusi: «Surunkali pankreatit bilan kasallangan bemorlarni fizioterapiya usullar bilan reabilitatsiya qilish taktikasi», 14.00.34 – «Fizioterapiya» ixtisosligi bo’yicha (01№000879-1994 y.)

      Tibbiyot fanlari doktori darajasini olish uchun dissertatsiya ishining mavzusi: «Oshqozon yarasi kasalligi patogenezida vegetativ buzilishlar va biokimyoviy balansning roli va davolashni optimallashtirish yo’llari», 14.00.05 – «Ichki kasalliklar» ixtisosligi bo’yicha,  (04№003948-2005y.).

       Ilmiy unvonlari: katta ilmiy xodim (02№ 000550-2005 y.), professor (05№ 002618-2012 y.);

     Ilmiy grantlardagi ishtiroki: Bir necha bor FTDQ loyihalari doirasidagi ilmiy ishlanmalarga rahbarlik qilgan va ularda ishtirok etgan: «Xoletsistektomiyani o’tkazgan xolestatik gepatitli bemorlarni davolashning reabilitatsion usullarini ishlab chiqish» (K1 20.4.3.-2000-02yy.), «Yo’g’on ichakning eroziv-yarali, yallig’lanish va funktsional kasalliklari bilan og’rigan bemorlarni, ichakning immun-yallig’lanish, gistokimyoviy ko’rsatkichlari va mikrobiotsenozini hisobga olgan holda reabilitatsiya qilishning yangi usullarini ishlab chiqish va optimallashtirish» (K2.40.4.3.-2006-08yy),  «Vegetativ distoniya sindromli ba’zi bir oshqozon, o’n ikki barmoqli ichak va oshqozon osti bezi kasalliklarida, erta tashhislash va davolash usullarini ishlab chiqish, takomillashtirish va optimallashtirish» (ITSS-30-6-2009-11yy.) va «Fizioterapiyani qo’llash bilan, o’n ikki barmoqli ichak, oshqozon osti bezi va ichak kasalliklariga chalingan bemorlarda tamaki chekishga tobelikni pasaytirish usullarini ishlab chiqish va optimallashtirish» (A10-SS-0-1399020 – 2012-14yy.).

       Shaxsiy hissasi:  kafedrada, oshqozon-ichak trakti kasalliklariga tegishli printsipial yangi yo’nalishni tashqil qildi va kafedra qoshida, keyingi morfologik tekshiruvli mo’ljalga olingan biopsiya o’tkaziladigan endoskopiya xonasini ochdi. MDH da ilk marta, surunkali pankreatitni erta aniqlashning indikatori bo’lgan najas elastazasini sinamasi (test)ni yo’lga qo’ydi.  Har yili respublikaning viloyatlariga chiqib, moderator sifatida ovqatni hazm qilish tizimi kasalliklariga tegishli bo’lgan dolzarb masalalar  bo’yicha maslahat yordami va master-sinflar o’tkazadi. Respublika gastroenterologlarining milliy seminar-maktablarini tashkil qilish va rivojlantirishga salmoqli hissa qo’shmoqda. Respublika SSV ning bosh fizioterapevti sifatida, O’zbekistonning fizioterapevt – mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirishga katta hissa qo’shib kelmoqda.

    Chet el ilmiy tadbirlaridagi ishtiroki: Har yili, ilmiy ma’ruzalar bilan chet el kongresslari va simpoziumlarida qatnashadi  (RF (har yili), SHvetsiya (2012y.), CHexiya (2013y.), Italiya (2014y.), Ispaniya (2014, 2015),  Germaniya (2015y.), Buyuk Britaniya (2016y.), BAA (2016y.), Vengriya (2017y.),  RF (2017y.), Ispaniya (2017y.)

       Yosh mutaxassislarni tayyorlash: 2006 yildan buyon 3 fan nomzodi tayyorlangan va 4 ta doktorlik dissertatsiyasi yakunlanmoqda.

    Ilmiy ishlari, mualliflik guvohnomalari: 1 monografiya, 185 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar, 29 ta uslubiy ko’rsatmalar, 6 axborot xatlari, 45 dan ortiq o’quv dasturlarini chop etgan, 1 ta  ixtiro patentiga ega.

     Jamiyat va assotsiatsiyalarning ishidagi ishtiroki: Terapiya fakultetining Ilmiy Kengashi va muammolar komissiyasi raisi, ToshVMO instituti qoshidagi Ixtisoslashgan kengash va terapiya bo’yicha malaka toifasini berish bo’yicha attestatsiya komissiyasining a’zosi. SHuningdek, bir qator jamiyatlar va assotsiatsiyalar: Evropaning pankreatologlar Evropa klubi, Rossiya gastroenterologiya assotsiatsiyasi, O’zbekiston terapevtlari Assotsiatsiyasi, Rossiya gastroenterologlari ilmiy jamiyatining a’zosi, shuningdek, bir qator ilmiy tibbiy nashrlar: Fizioterapiya, balneologiya i reabilitatsiya jurnali (RF), Klinitsist jurnali (Armaniston), Gastroenterologiya i gepatologiya (Ukraina), Gastroenterologiya jurnali (Tojikiston), O’zbekiston tibbiyot jurnali, O’zbekiston terapiya axborotnomasi, Xalq va salomatlik jurnali, Salomat bo’ling jurnallarining muharrirlik kollegiyalari va muharrirlik kengashlari a’zosi. O’zR SSV bosh fizioterapevti.

Du
08:00 - 17:00
Se
08:00 - 17:00
Cho
08:00 - 17:00
Pa
08:00 - 17:00
Ju
08:00 - 17:00
Sha
-
Ya
-