Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Rasulova Marg’uba Ilhomovna

Rasulova Marg’uba Ilhomovna
Tibbiyot fanlar doktori, professor. kafedra mudirasi.

Oilaviy tibbiyot kasb kasalliklar kursi bilan kafedrasi tarixi

Kafedra 1998 yilda "Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlash" nomi bilan tashkil etilgan. 1998 yildan 2000 yilgacha kafedraning birinchi mudiri tibbiyot fanlari nomzodi, dosent Abdullo Veliyevich Mazgutov bo’lgan.

2006 yilda "Umumiy amaliyot shifokorlari malakasini oshirish" kafedrasi tashkil etildi. Kafedraning birinchi mudiri 2006-2014 yillarda tibbiyot fanlari nomzodi, dosent Sharof Zokirovich Qosimov bo’lgan.

Keyingi kafedra mudirlari:

Professor Abduqahhor Vohidovich Fazilov 2000 yildan 2003 yilgacha.

Professor Zohidova Mashkura Ziyomatovna 2004-2017 yillarda.

2015 yilda ilmiy Kengash qarori bilan "Kasbiy kasalliklar" kursi kafedraga qo’shildi, 2017 yilda UASh tayyorlash kafedrasi Umumiy amaliyot shifokorlari malakasini oshirish kafedrasi bilan birlashtirildi. 2015-2021 yillarda kafedrani tibbiyot fanlari doktori, dosent Marg’uba Ilxomovna Rasulova boshqardi.

Kafedraning rivojlanishiga katta hissa qo’shgan mutaxassislar: Soy Ye.S., Sodiqxo’jayeva D., Aripov T.Yu., Toshpulatova Sh., Kazakbayeva N., dotsent Ibragimova M., Qosimbekova G.K., Sadirova M.A., Buben O., Miraliyeva M., Niyozova M. B., Baykulov Z.A., Tagayev M.K.

Bugungi kunda kafedrani maqsadli, irodali va professional mutaxassis DsC, Xalimbetov G’ulomjon Sultanbayevich boshqaradi.

Kafedrada doimiy ishlaydigan xodimlar: tibbiyot fanlari doktori, dotsent  kafedra mudiri Xalimbetov G’.S., tibbiyot fanlari doktori, professor M. Z. Zohidova, tibbiyot fanlari doktori, professor M. A. Hamroqulova va dosentlar: tibbiyot fanlari nomzodi R.A. Nurmuhamedova, PhD D.A.Hasanova va PhD M.S.Masharipova, assistentlar: M.U.Zohidova, X.M.Jo’rayeva va F.R.Kdirbayeva.

 

 

 

 

Kafedra mudiri Xalimbetov G’ulomjon Sultonbayevich - tibbiyot fanlari doktori, dotsent, TXKMRM kasaba uyushmasi raisi, markazning ilmiy va ijtimoiy faoliyatida faol ishtirok etadi.

Xalimbetov G’ulomjon Sultonbayevich 1998 yilda 2-Toshkent tibbiyot institutini davolash fakultetini tamomlagan. 1998-2001 yillarda O’zRSSV pediatriya ilmiy-tadqiqot instituti biokimyo bo’limida kichik ilmiy xodim bo’lib ishlagan. 2001-2003 yillarda pediatriya ilmiy-tadqiqot institutida "Neonatologiya"mutaxassisligi bo’yicha klinik ordinaturani o’tagan. 2006 yilda Pediatriya va Biokimyo mutaxassisligi bo’yicha " Bolalarda gaptoglobin fenotipiga bog’liq XVGVning klinik-biokimyoviy xususiyatlari" mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qildi. 2006 yildan 2009 yilgacha ToshVMOI klinik laboratoriya diagnostikasi kafedrasida katta o’qituvchi bo’lib ishlagan. 2009 yildan 2011 yilgacha ToshVMOI bolalar nevrologiyasi kafedrasida Sh. Sh. Shamansurov boshchiligida doktorantura o’tagan. 2018 yilda "Bolalarda asab tizimining perinatal shikastlanishining oqibatlari, klinik-biokimyoviy parallellar" mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qildi (14.00.13, 14.00.25). Umumiy ish staji -24 yil, ilmiy-pedagogik staji -22 yil. 2018 yildan ToshVMOI klinik ordinatura dekani bo’lib ishlagan.

2023 yil sentyabr oyidan boshlab DsC, dotsent Xalimbetov G’.S oilaviy tibbiyot kafedrasini kasb kasalliklari kursi bilan kafedrasini boshqarmoqda.

 

 

Professor Zoxidova Mashkura Ziyamatovna.

1966-1972yy. – Toshkent davlat tibbiyot instituti talabasi. 1972-1974 yy. – Toshkent davlat tibbiyot instituti klinik ordinatori. 1974-1982 yy. - Voxidov nomidagi Xirurgiya ilmiy markazi kichik ilmiy xodimi. 1982-1984 yy. – O’zbekiston Onkologiya va radiologiya ITI anesteziologiya va reanimasiya bo’limi boshlig’i. 1984-1994 yy. – Toshkent davlat tibbiyot instituti “Ichki kasalliklar propedevtikasi” kafedra assistenti, dosenti. 1994-1997 yy. - Toshkent davlat tibbiyot instituti “Ichki kasalliklar” kafedrasi doktoranti. 1997-1999 yy. - Toshkent davlat tibbiyot instituti “Ichki kasalliklar” kafedrasining dotsenti. 1999-2003 yy. – 2- Toshkent davlat tibbiyot instituti “Hamshiralik ishi va terapiya” kursi professori. 2003-2017 yy.  - Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti “Umumiy amaliyot vrachlari tayyorlash” kafedrasi mudiri. 2017-2020 yy.- Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti “Umumiy amaliyot vrachlari malakasini oshirish va kasb kasalliklari kursi bilan ” kafedrasi professori. 2020-2023 yy - Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, 2023 y va x.v - “Oilaviy tibbiyot va  kasb kasalliklari kursi bilan” kafedrasi professori.

M.Z.Zaxidova 1999 yilda fan doktori darajasini olgan. 2007 yilda professor unvoniga ega bo’ldi. 350 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Kafedra xodimlari bilan birgalikda Oilaviy tibbiyot yo’nalishida 50 dan ziyod monografiya va o’quv uslubiy qo’llanmalar chop etgan. Kardiologiya, Nefrologiya, Gastroenterologiya, Revmatologiya, Nevrologiya, O’smirlar salomatligi, Dermatologiya va boshqa mavzular bo’yicha klinik protokollarni russ va o’zbek tillarida tayyorlagan. O’zR SSV oilaviy shifokorlik amaliyoti bo’yicha bosh mutaxassis xisoblanadi. 2019 yilda “O’zR SSV A’lochisi” unvonini olgan, 2011 yidan buyon O’zR SSV ni ixtisoslashtirilgan attestasion komissiya a’zosi. 2021 yildan Innovasion vazirlik qoshidagi “Sog’liqni saqlash strategiyasi-2030” JSST va O’zR SSVning hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy majlis Senatining Orol bo’yi mintaqasini rivojlantirish bo’yicha ishchi guruhlari a’zosi.

 

 

 Professor Muqaddasxon Asqarovna Xamraqulova

1987-1993 yy. Toshkent Davlat tibbiyot instituti, talabasi. 1993-1994 yy. 15-shaxar klinik shifoxonasi – vrach internasi.   1994-1995 yy. Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi. 1995-1999 yy. Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti, vrach terapevt dispanser bo’limi. 1999-2002 yy. Sanitariya, gigiyena va kasb kassaliklari ilmiy-tadqiqot instituti, kichik ilmiy xodimi. 2002-2005 yy. Sanitariya, gigiyena va kasb kassaliklari ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi. 2006-2020 yy. Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, “Umumiy amaliyot shifokorlari malakasini oshirish kasb kasalliklari kursi bilan” kafedrasi dosenti, kurs rahbari (tashqi o’rindosh). 2020 -  x.v. Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, «Oilaviy tibbiyot kasb kasalliklari kursi bilan” kafedrasi professori, kurs rahbari (tashqi o’rindosh).

Muqaddasxon Asqarovna Xamraqulova 2016 yilda fan doktori ilmiy darajasini, 2022 yilda professor unvoniga ega bo’ldi. 175 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti direktorining davolash ishlari bo’yicha o’rinbosari, O’zR SSVning bosh profpatolog mutaxasisi, Oliy attestasiya komissiyasi qoshidagi ilmiy Kengash a’zosi "Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti PhD.04 / 30.09.2020.Tib.122.01", Toshkent tibbiyot akademiyasi D.S.c 04/30.12.2019. Tib.30.03. ilmiy Kengashi ilmiy seminari a’zosi. Kasbiy patologiya bo’yicha malaka toifasini berish bo’yicha ixtisoslashtirilgan sertifikatlash komissiyasining a’zosi.

 

 

t.f.n.dotsent Nurmuxamedova Roxatoy Abdusharipovna

Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutini 1983 yilda davolash fakultetini tamomlagan. Toshkent viloyati shifoxonasida internatura bo’yicha amaliyot o’tgan. Bitirgandan so’ng Olmaliq shahridagi 1- oilaviy poliklinikada terapevt bo’lib ishlagan. 1987-1989 yillarda 1-ToshDTI  Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasida klinik ordinaturada va 1992-1993 yillarda aspirantura yo’nalishida taxsil olgan. 1994 yilda " Surunkali gepatit bilan og’rigan bemorlarda ayrim immunomodullovchi preparatlarni jigarning funksional-metabolik ko’rsatkichlariga ta’siri" mavzusida tibbiyot fanlari nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan.

1994 yildan 1996 yilgacha shu institut gospital terapiya kafedrasida assistent lavozimida ishlagan. 1996 yildan 2003 yilgacha ToshVMOI UASh malakasini oshirish kafedrasi assistenti lavozimida ishlagan. 2003 yildan 2006 yilgacha shu kafedrada dosent lavozimida ishlagan. 2007-2021 yillarda ToshVMOIda dosent lavozimida faoliyat yuritdi. Hozirgi kunda 2021-2022-o’quv yilida Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi Oilaviy tibbiyot kasb kasalliklari kursi bilan kafedrasida dosent lavozimida ishlab kelmoqda.

         Dotsent Nurmuxamedova Roxatoy Abdusharipovna 100 ta ilmiy ishlar, 28 ta o’quv-uslubiy qo’llanmalar, 14 ta o’quv va ishchi dasturlar, 9 ta rasionalizatorlik takliflar muallifi.

 

 

 PhD, dotsent Xasanova Dilfuza Abduxamidovna

1988-1989 yy. – Toshkent Davlat tibbiyot instituti 1-klinik kasalxonasi tug’ruq kompleksi shifokor-interni. 1989-1991 yy. – ToshDavTI qoshidagi tibbiyot kolledjida xirurgiya va akusherlik ginekologiya yo’nalishi o’qituvchisi. 1991-1993 yy. –ToshDavTI kafedrasida klinik ordinatori, 1993-1998 yy. – ToshDavTI MIT laboratorisida kichik ilmiy xodim. 1998-2003 yy. – 2-ToshDavTI akusher-ginekologiya kafedrasi katta o’qituvchisi. 2003-2004 yy. –2-ToshDavTI akusher-ginekologiya kafedrasi dosenti. 2004-2010 yy. – Respublika reproduktiv salomatlik Markazi direktori. 2010-2012 yy. – O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi raisi o’rinbosari. 2012-2020 yy.  – Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti UASh malakasini oshirish kasb kasalliklari kursi bilan kafedrasi dosenti. 2020 y. x.v.-Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, “Oilaviy tibbiyot va kasb kasalliklari kursi bilan” kafedrasi dosenti.

Dotsent Xasanova Dilfuza Abduxamidovna 1996 yilda “Rezus immunizasiyali homiladorlarda antioksidant va perekisli oksidlanish jarayonlari xarakteristikasi” mavzusida tibbiyot fanlari nomzodlik dissertasiyasini yoqladi va PhD ega bo’ldi, 1998 yilda dosent unvonini oldi. 134 ta ilmiy ishlar, 20 ta o’quv-uslubiy qo’llanmalar, 24 ta o’quv va ishchi dasturlar, 2 ta rasionalizatorlik taklifi va 1 ta ilmiy patent muallifi. 2021 yilda “O’zbekiston 30 yilligi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan. 2019 yildan buyon O’zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo’yicha komissiyasi a’zosi va BMTning Aholishunoslik jamg’armasi (UNFPA) tomonidan 2030 yilga qadar O’zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini amalga oshirish ishchi gurux a’zosi. Reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish masalalarida milliy ekspertlar guruhi tarkibiga kirgan, shuningdek BMT xalqaro tashkilotlarida (UNFPA, UNICEF) reproduktiv salomatlik, emlash jarayonlarida shahslararo muloqot ko’nikmalari, gender tenglik va gender zo’ravonlikka barham berishda tibbiyot xodimlarini o’qitish bo’yicha master trener xisoblanadi.

 

 

 PhD, dotsent Masharipova Mamlakat Satiboldiyevna

1995-2002 y -  Andijon davlat tibbiyot oliygoxi talabasi. 2002 -2004 y - Pulmonologiya yo’nalishi bo’yicha klinik ordinatori. 2004-2008 y - TTA Urganch filiali “UASh tayyorlash”  kafedrasi assistenti. 2008-2018 y - Tosh VMOI “UASh MO” kafedrasi assistenti. 2018-2021 y – Toshkent farmasevtika institutida Tibbiy va biologik fanlar” kafedrasida katta o’qituvchi. 2021- 2021 y - Toshkent shahar 6- son tug’ruq kompleksida vrach kardiolog. 2021 – x.v. - Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi “Oilaviy tibbiyot kasb kasalliklari bilan” kafedrasi assistenti. 2023 yil dekabr oyidan dosent lavozimiga o’tkazilgan.

Dotsent Mamlakat Satiboldiyevna Masharipova 2020-yilda “Bolalarda surunkali bronxit rivojlanishining immunogenetik xavf omillari” mavzusida tibbiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori dissertasiyasini himoya qilib, tibbiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori, 2023-yilda esa dosent lavozimida ishlab kelmoqda. 79 dan ortiq ilmiy ishlar, 10 ta o’quv qo’llanma va uslubiy tavsiyanomalar, 14 ta o’quv va ishchi dasturlari, 1 ta ilmiy patent muallifidir. “GP trener” xalqaro sertifikatiga ega oilaviy tibbiyot mutaxassisi. JSSTning sog’liqni saqlashning ixtisoslashtirilmagan muassasalarida ruhiy, nevrologik va psixoaktiv moddalarni iste’mol qilish natijasida kelib chiquvchi ruhiy kasalliklar bo’yicha bemorlarga yordam ko’rsatish guruhi a’zosi.  JSSTning mhGAP dasturi bo’yicha murabbiy.

 

 

 Assistent Zaxidova Ma’mura Umidjanovna

1990-1996 yy. - Toshkent tibbiyot instituti talabasi. 1996-1998-kardiologiya ilmiy-tadqiqot institutida klinik ordinatori. 1996-1997-tez yordam shifokori. 1998-2004 y.y. - Toshkent viloyati shifoxonasi bo’lim boshlig’i , 2004-2010 - Olmazor tibbiyot kolleji o’qituvchisi. 2010-2011 y.y. - "AGRIF-Tashkent" tibbiyot vakili. 2011-2013 y.y. - Olmazor tumani 15-oilaviy poliklinikasi-kardiologi. 2013-2016 y.y - Olmazor tumani RMO-kardiologi. 2016-2016 y.y - Olmazor tumani 14-sonli qo’shma korxona bosh shifokori o’rinbosari. 2016 – 2017 y.y - Olmazor tumani 15-sonli qo’shma korxona bosh shifokori o’rinbosari. 2017-2019 y.y -Olmazor tumani 15-sonli qo’shma korxona bosh shifokori muovini. 2019-2020 y.y -Toshkent malaka oshirish instituti " Umumiy amaliyot shifokorlarining malakasini oshirish va kasb kasalliklari kursi bilan " kafedrasi stajor o’qituvchisi. 2020 yildan hozirgi kungacha TXKMRM - "Oilaviy tibbiyot kasb kasalliklari kursi bilan" kafedrasi assistenti.

 

 

 Assistent Kdirbayeva Firuza Reimovna

1995 yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan.

“Salomatlik” loyihasi doirasida 2003-2004 yillarda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida umumiy amaliyot shifokorlari qayta tayyorlash 10 oylik siklida malaka oshirgan. Kafedrada 2013 yildan buyon ishlab kelmoqda. Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’uldir.

Kdirbayeva Firuza Reimovna 12 dan ortiq ilmiy maqolalar va 54 ta tezislar, 7 ta uslubiy tavsiya va qo’llanmalar, 2 ta axborot xati chop ettirgan. Hozirda “Turli parametrlarga bog’liq qarish va uzoq umr ko’rish qonuniyatlarini har tomonlama o’rganish” mavzusida nomzodlik dissertasiyasi ustida ishlamoqda va shu yo’nalishda 3 ta maqola va 6 ta tezis muallifi.

 

 

 Assistent Djurayeva Xamida Mirxasilovna

1982-1988 yy. - Toshkent davlat tibbiyot instituti  talabasi. 1988-1999 yy. - Toshkent davlat tibbiyot instituti  normal anatomiya kafedrasi assistenti. 1999-2002 yy. - Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti neyrofiziologiya va funksional diagnostika laboratoriyasi  funksional diagnostika shifokori. 2002-2005 yy. - Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti dispanser bo’limi shifokor terapevti. 2005-2007 yy. - Kasb kasalliklari Markazi dispanser bo’limi  shifokor terapevti. 2007-2010 yy. - Kasb kasalliklari Markazi  rentgen radiologiya laboratoriyasi rentgenolog shifokori. 2010-2014 yy. - Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti rentgen radiologiya laboratoriyasi rentgenolog shifokori. 2014 y. -  h.v.  - Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti rentgen va ultratovush tekshiruvi  bo’limi  rentgenolog shifokori.

2006-2020 yy. -Toshkent vrachlar malakasini oshirish  instituti, “Umumiy amaliyot shifokori malakasini oshirish kasb kasalligi kursi bilan” kafedrasi assistenti (tashqi o’rindosh). 2020 y. – h.v.  -Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, “Oilaviy tibbiyot kasb kasalliklari kursi bilan” kafedrasi assistenti (tashqi o’rindosh)

 

Kafedra manzili: Toshkent shahar, Shayxontoxur tumani, Abay  kucha, 5 A,  48-oilaviy poliklinika bazasida, +998977142141; gulom76_tipme@mail.ru

+998901788488; dilfuzaxasanova@mail.ru

 

Du
08:00 - 17:00
Se
08:00 - 17:00
Cho
08:00 - 17:00
Pa
08:00 - 17:00
Ju
08:00 - 17:00
Sha
-
Ya
-