Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Xadjibaev Abduxakim Muminovich

Xadjibaev Abduxakim Muminovich
Tibbiyot fanlari doktori, professor, kafedra mudiri.

Xadjibaev Abduxakim Muminovich

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining muovini,
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Bosh direktori,
Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti «Shoshilinch tibbiy yordam» kafedrasining mudiri, O‘zbekiston shoshilinch tibbiy yordam vrachlari assotsiatsiyasining Raisi, «Shoshilinch tibbiyot axborotnomasi» jurnalining Bosh muxarriri, tibbiyot fanlari doktori, professor.

          Xadjibaev A.M. 1951 yil Toshkent viloyatida shifokorlar oilasida tavallud topdi. 1968 yili o‘rta maktabni oltin medal bilan tugatib, Toshkent Davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kirdi. Ushbu oliygohning davolash fakultetini 1974 yili qizil (imtiyozli) diplom bilan tamomladi. O‘zining mexnat faoliyatini 1975 yili Ustozi akademik V.V. Vahidov raxbarligida Butunittifoq xirurgiya ilmiy markazining Toshkent filialida boshladi. 1981 yili Moskva shahrida nomzodlik, 1990 yili esa doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildi.

       A.M.Xadjibaev 2000 yili mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning g‘oyasi va maxsus Farmoni asosida yaratilgan shoshilinch tibbiy yordam tizimiga raxbar hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga Bosh direktor qilib tayinlandi.

       A.M.Xadjibaev tashabbusi bilan RShTYoIM shoshilinch tibbiy yordam tizimi uchun asosiy o‘quv bazasiga aylantirildi. Bu yerda har yili mamlakatimizning barcha hududlaridagi shifokorlar o‘z malakasini oshirmoqdalar.

        2003-2007 yillari A.M.Xadjibaev O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining Birinchi muovini lavozimida mamlakatimizning Sog‘liqni saqlash tizimini islox qilish davlat dasturini bajarishga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shdi. Mamlakatimiz shoshilinch tibbiy yordam tizimining mukammal tashkiliy tuzilmasini, uning o‘ziga xos falsafasini va tamoillarini yaratishda A.M.Xadjibaevning betakror tashkiliy qobiliyati va qatiyatliligi yanada yorqin namoyon bo‘ldi.

       Nisbatan qisqa vaqt ichida professor A.M.Xadjibaev raxbarligida 8ta doktorlik va 31 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlandi va muvaffaqiyatli himoya qilindi. A.M.Xadjibaev  5 ta monografiya, 21 metodik qo‘llanmalar, 670 ta ilmiy maqolalar, 32 patentlar va ixtirolar muallifi. A.M.Xadjibaev ko‘plab xalqaro anjumanlarning doimiy ishtirokchisi va maruzachisi. Dunyo xirurglar assotsiatsiyasining a'zosi, bir qator maxalliy va xalqaro ilmiy jaridalarning taxririyat hayati a'zosidir. O‘ziga va atrofdagilarga o'ta talabchan hamda yuqori darajadagi mas'uliyat xissi bo‘lgan A.M.Xadjibaev yorqin mutaxassis-xirurg, olim va tashkilotchidir.

       “O‘zbekiston Respublikasida Xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” unovoi bilan taqdirlangan.

Du
08:00 - 17:00
Se
08:00 - 17:00
Cho
08:00 - 17:00
Pa
08:00 - 17:00
Ju
08:00 - 17:00
Sha
-
Ya
-