Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Ilm va san`at uyg`unligi: Savitskiy muzeyiga unutilmas tashrif

17 Apr 2026

Tibbiyot xodimlаrining kаsbiy mаlаkаsini rivojlаntirish mаrkаzi

Mа'nаviyat vа mа'rifаt boʼlimi

Toshkent sh.                                             17.04.2026

 

2026 yil 16 aprel kuni Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi “Xirurgiya” fakulteti “Oftalmologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga sayyor sikl doirasida tashrif buyurdilar. Ushbu ilmiy-amaliy safar davomida kursant tinglovchilar bilan birgalikda hududning boy madaniy merosi va tarixiy maskanlari bilan yaqindan tanishdilar.

Safarning eng unutilmas lahzalaridan biri — dunyoga mashhur Savitskiy nomidagi san’at muzeyiga tashrif bo‘ldi. Ushbu muzey o‘zining noyob kolleksiyasi, betakror asarlari va tarixiy ahamiyati bilan nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyoda katta e’tirofga sazovor. Professor-o‘qituvchilar va kursantlar muzey zallarini katta qiziqish bilan tomosha qilib, turli davrlarga oid san’at asarlari, noyob eksponatlar va tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishdilar.

Ayniqsa, rassomlarning betakror ijod namunalari, ranglar uyg‘unligi va har bir asarda mujassam bo‘lgan chuqur ma’no barchada katta taassurot qoldirdi. Kursantlar bu jarayonda nafaqat estetik zavq oldilar, balki san’at orqali tarixni his etish imkoniga ham ega bo‘ldilar.

Mazkur sayyor sikl nafaqat kasbiy bilimlarni mustahkamlash, balki jamoa ruhini kuchaytirish, madaniy dunyoqarashni kengaytirish va yosh mutaxassislar uchun unutilmas taassurotlar ulashishda muhim ahamiyat kasb etdi.

 

Ma’naviyat va ma’rifat  bo’limi boshlig’i         M.B.Mustafoyeva