Gaybullaev Asilbek Asadovich
Olim. Tibbiyot fanlari doktori, professor.Shifokor-urolog. Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Urologiya va nefrologiya kafedrasi mudiri. (ToshVMOI).
1952yil 20 aprelda Toshkent shaxrida tug‘ilgan. 1975 yili Toshkent Davlat Tibbiyot institutini davolash fakultetini tamomlagan.
1975 yildan 1976 yy. TDTI normal anatomiya kafedrasida faoliyat yuritgan. 1976 – 1979 Toshkent shaxar 1 № klinik shifoxonasi urologiya bulimida ordinator shifokor. 1979 yildan xozirgi vaktgacha ToshVMOI urologiya va nefrologiya kafedrasida ishlab kelmokda. 1985 yili «Diagnostika i lichenie kriptorxizma» Tibbyot fanlar nomzodligi dessertatsiyasini yoklagan. 1989 dan 1992 yy. Rossiya Federatsiyasi SSV ITI urologiyasida doktorantura utagan. 1992 yili akademik N.A Lopatkin kul ostida «Estrogenizatsiya mujskogo organizma prirodnыmi garmonami» mavzusda doktorlik dissertatsiyasini yoklagan. 1990 yildan ToshVMOI urologiya va nefrologiya kafedrasi mudiri. 1989 dan 2001 yy da UzR Urologlari Ilmiy Jamiyati raxbari bulib faoliyat yuritgan. 1990 yildan UzR Toshkent shaxar bosh urologi. 2003 yildan Yevropa Urologlar Assotsatsiyasi faxriy azosi. 2005 dan 2010 yy. UzR SSV bosh urologi. Professor Gaybullaev A.A UzR urologlari ilmiy anjumani tashkilotchisi va aktiv katnashchisi. Professor Gaybullaev A.A. Yevropa Urologlar Assotsiatsiyasi xar yilgi Kongreslarida katnashib keladi. 144 ilmiy makola, 4 monografiya, 12 metodik kullanma muallifi. Prof Gaybullaev A.A kul ostida 9 ta kandidatlik dissertotsiyasi yoklangan, ximoya uchun 2 ta doktorlik dissertotsiyasi tayyorlangan. Professor Gaybullaev A.A UzR SSV tomonidan tasdiklangan urologik kasalliklar diagnostikasi va davosi standartlari muallifi.
2009 yildan A.A. Gaybullaev « akad B.U.Djarbusыnov nomidagi Kozogiston Urologiya Ilmiy Markazi» faxriy professori.
Professor A.A. Gaybullaev kul ostida kafedrada yangi dars berish uslublari kiritilgan, monotematik tsikllar tashkil etilgan, dars berish jarayonida Yevropa Urologlar Assotsiatsiyasi va Amerika Urologlar Assotsiatsiyasi materiallaridan foydalaniladi. 2004 yildan UzR birinchilardan bulib kafedrada masofadan ukitish tsiklini tashkillashtirgan.
Professor A.A.Gaybullaev uzini pedagogik faoliyati bilan birgalikda Uzbekistonda dolzarb muammo bulgan siydik yullari infektsiyasi, siydik tutolmaslik va siydik tosh kasalligi mavzusida ilmiy ishlar olib boradi.